WhatsApp foydalanuvchilarini cho‘chqasifat qo‘y vahimaga solmoqda

© AFP 2023 / PETER KOHALMIVengerskaya shelkovitsa
Vengerskaya shelkovitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilova foydalanuvchilari va ijtimoiy tarmoq a’zolari venger mangalitsasini "cho‘chqa va qo‘yni" chatishtirishdan olingan hayvon deb, o‘ylab, yolg‘on xabarlarni tarqata boshlashgan

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. WhatsApp messenjeri foydalanuvchilari "Xitoyda cho‘chqa va qo‘yni chatishtirishgani" tufayli, musulmonlarni go‘sht xarid qilishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirib, xabarlar tarqata boshladilar.

Xabarlarga ushbu jonivor aks ettirilgan video ilova qilinmoqda. Bunday xabarlar Markaziy Osiyo davlatlaridagi foydalanuvchilarga ham yuborilmoqda. 

Ammo haqiqatda rolik muallifi venger mangalitsasini suratga olgan bo‘lib, u 1833 yilda xonaki cho‘chqa va yovvoyi to‘ng‘izni chatishtirish yo‘li orqali olingan. Internetdagi ma’lumotlarga ko‘ra, izg‘irin qish faslida jonivorning qalin yungi uni sovuqdan himoya qiladi, jaziramada esa yunglar to‘kilib ketar ekan.

Yangiliklar lentasi
0