O‘zbekistonning eng yaxshi blogeri mukofotga olgan 15 mln so‘mni nimaga sarflashini aytdi

© Farrux AliyevShaxnoza Turaxujayeva
Shaxnoza Turaxujayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda nihoyasiga yetgan O‘zbekiston blogerlari chempionatida Shahnoza To‘raxo‘jayeva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik, Shahnoza To‘rabekova. Sputnik muxbiri blogerlar chempionati g‘olibi bilan uchrashdi.

Bloger deganda odatda ko‘p vaqtini internetda o‘tkazadigan inson tushuniladi. Bizning qahramonimiz esa undaylarga aslo o‘xshamaydi. Darvoqe, chempionat natijalari e’lon qilinganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda Shahnozaning qanday qilib chempionatda paydo bo‘lib qolganiyu nima uchun bosh mukofot unga berilgani borasida munozaralar ham bo‘ldi.

Birinchidan, o‘zbek tilida yozadigan ayol muallifni e’tirof etishgani uchun tashkilotchi va hakamlarga minnatdorlik bildirishimiz lozim, zero bunday ayollar sanoqli. Ikkinchidan, Shahnozaning shaxsiy sahifasining mavzusi ijtimoiy muammolarga bag‘ishlangan. Shuningdek, yana bir alohida sahifasi – adabiy blogi bor.

V Tashkente nagradili luchshix blogerov respubliki. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning eng yaxshi blogeri 15 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi

Chempionatda aynan ijtimoiy mavzudagi ijodiy ishlar baholandi. Chempionat 12-aprelda boshlandi. Unda to‘rt yuzga yaqin bloger ishtirok etdi. Blogerlar tomonidan 470dan ortiq post taqdim etildi. Ikki saralash bosqichidan  so‘ng finalga 21 bloger yetib keldi. Ular o‘z ishlarida ta’lim, sog‘liqni saqlash, huquqiy savodxonlik, ekologiya va boshqa sohalardagi eng dolzarb muammolarni olib chiqishdi.

Shahnoza ma’lumoti bo‘yicha adabiyotshunos-filolog. U nashriyot korxonasida ishlagan. Bundan tashqari, ko‘p yillar davomida “So‘g‘diyona” gazetasida ayollar mavzusidagi ruknni olib borgan. "Chempionatdagi birinchi postim ayollar huquqi, ularning qanday muammolar bilan to‘qnash kelishi va bu muammolarni qanday hal qilish mumkinligiga bag‘ishlangandi. Zamonaviy jamiyatda ayollarni ular avvalgidek emas deya ko‘pchilik ayblaydi. Ammo men barcha muammolarga boshqa tarafdan qarashga harakat qildim. Davlatimiz ular haqida qayg‘uradi, turli ijtimoiy to‘lovlar, alimentlar beriladi. Ammo insonga baliq bersang, uni yeb qo‘yadi, o‘zini o‘zi boqishi uchun unga qarmoq berish kerak, degan gap bor. Va bu qarmoq – bilim, ayollarni o‘qitish kerak, ular yordam va o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olishlari uchun markazlar ochish kerak", — deydi Shahnoza To‘raxo‘jayeva.

Blogerning aytishicha, u muntazam ravishda yozmaydi, ba’zan kuniga ikki-uch marta, ba’zan esa haftada bir marta yozishi mumkin.

Shahnozaga g‘oliblik keltirgan maqola esa o‘zbekistonliklarning eng og‘riqli nuqtalaridan biri haqida bo‘lib, unda mavjud muammolarni hal qilish uchun hayotiy takliflar berilgan.

Shahnozadan g‘olibligi uchun qo‘lga kiritgan 15 million so‘mni nimaga sarflamoqchi ekanligini so‘radim.

"Bu borada har kuni yangi fikr paydo bo‘ladi. Ammo aniq bilamanki, kitoblar bilan bog‘liq ishga sarflayman. Xalqaro kitob ko‘rgazmasiga borishni yoki o‘z kitobimni nashr etishni istardim. Aytgancha, tez orada birinchi kitobim chop etiladi. Unda oilaviy muammolar va ularni qanday qilib hal etish mumkinligi haqida “So‘g‘diyona” gazetasida chop etilgan maqolalarim jamlangan", — deydi Shahnoza.

Qahramonimizning barcha orzulari amalga oshadi deb umid qilamiz. O‘zbekiston blogerlari chempionati esa mazkur musobaqada bundan keyin ham qatnashish shart ekanligini ko‘rsatib berdi.

Yangiliklar lentasi
0