Turkiya AQShga javoban 300 million dollarlik boj kiritmoqda

© AP Photo / MTI, Janos MarjaiMinistr ekonomiki Tursii Nixat Zeybekchi
Ministr ekonomiki Tursii Nixat Zeybekchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Turkiya TIV rahbari Mevlyut Chavushoglu Anqara AQShga qarshi javob choralarini kiritishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Turkiya ishlab-chiqarish hajmi bo‘yicha jahonda sakkininchi o‘rinni, AQShga eksport qilish bo‘yicha esa - oltinchi o‘rinni egallaydi

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik.  AQSh Turkiyadan olib kirilayotgan po‘lat va alyuminiyga boj kiritgani evaziga Anqara payshanba kundan boshlab Vashingtonga qarshi 22 turdagi amerika tovarlariga umumiy qiymati 300 million dollarlik boj kiritmoqda, deb bayonot qildi Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi.

Ajdar Kurtov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Kurtov: AQSh O‘zbekiston bilan savdoda Xitoy va Rossiyaga tenglasha olmaydi

AQSh o‘z harakatlarini milliy xavfsizlik bilan dalillagan holda, mart oyida mamlakatga olib kiriladigan po‘lat uchun 25%, alyuminiy uchun esa 10% miqdorida boj kiritgan edi. YeI va boshqa qator davlatlarga nisbatan bu bojlar iyun oyidan boshlab kuchga kirdi. Ishlab-chiqaruvchilari yangi bojlarga duch kelgan barcha davlatlar, qarshi choralarga taraddud ko‘rishayotganini ma’lum qilishdi, bu esa "savdo urushi" vujudga kelishi xavfini uyg‘otmoqda.

Ilgariroq Turkiya TIV rahbari Mevlyut Chavushoglu Anqara AQShga qarshi javob choralarini kiritishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Turkiya ishlab-chiqarish hajmi bo‘yicha jahonda sakkininchi o‘rinni, AQShga eksport qilish bo‘yicha esa — oltinchi o‘rinni egallaydi.

"AQSh po‘lat va alyuminiyga qo‘shimcha bojlarni kiritdi. Biz AQShga 1,18 milliard dollarlik po‘lat eksport qilamiz, ushbu mamlakatdan kirib keladigan import hajmi esa 1,3 milliard dollarni tashkil etadi. Biz ushbu muammoni ular bilan muzokaralarda hal etishga harakat qildik, lekin bu natija bermadi. Ular bizdan qo‘shimcha ravishda 260 million dollarlik boj olishadi. Biz ham harakatga kirishdik va 22 turdagi amerika tovarlariga 300 million dollarlik qo‘shimcha boj kiritdik. Bugundan boshlab ular kuchga kirdi", — dedi NTV telekanali efirida Zeybekchi.

Yangiliklar lentasi
0