Kolumbiya terma jamoasi Uzbekistan Airways samolyotlaridan foydalanmoqda

© AP Photo / Matt DunhamKolumbiyskaya natsionalnaya sbornaya po futbolu
Kolumbiyskaya natsionalnaya sbornaya po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Futbolchilarning oilalari, jamoa ma’muriyati va ishqibozlar O‘zbekiston samolyotlarida parvoz qilishadi.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Jahon chempionati kunlarida Kolumbiya terma jamoasi futbolchilariga Uzbekistan Airways aviakompaniyasi xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK bor jurnali bosh muharriri Baxtiyor Nasimov o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Baxtiyor Nasimovning yozishicha, Kolumbiya futbol federatsiyasi Rossiyaning Saransk — Qozon-Samara shaharlari bo‘ylab parvoz qilish uchun "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasiga buyurtma bergan.

Futbolchilarning oilalari, jamoa ma’muriyati va ishqibozlar O‘zbekiston samolyotlarida parvoz qilishadi.

"Darvoqe, ular Barselonadan Qozon shahriga ham bizning "Boing-767"da kelishdi. So‘ngra bizning "A-320"da Qozon-Saransk-Qozon yo‘nalishida uchishdi", deb yozadi Nasimov.

Yangiliklar lentasi
0