O‘zbekistonda yuristlikka o‘qitadigan qisqa muddatda kurslar tashkil etildi

© Sputnik Ilya PitalevZdanie Mosgorsuda, arxivnoe foto
Zdanie Mosgorsuda, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kurslarni tugatgan shaxslar davlat organlari va tashkilotlarning yuridik xizmatlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladi

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Sudlar hali-hamon adolat qaror topadigan maskanga aylanmadi – prezident
Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida Xalqaro standartlar bo‘yicha yuridik kadrlarni kasb-hunarga o‘qitish markazi tuzilgan bo‘lib, u yerda yurisprudensiya bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarda oliy ma’lumotga ega shaxslar uchun 6 oylik qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

Kurslarni tugatgan shaxslar davlat organlari va tashkilotlarning yuridik xizmatlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

Qabul qilingan hujjatda diplom sohiblari qayta tayyorlashdan o‘tishga haqli bo‘ladigan 47 ta oliy ta’lim yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan ro‘yxat belgilandi.

Tinglovchilar tanlov va kirish imtihoni natijalariga qarab qabul qilinadi.

Sudya bolg‘achasi - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona sudyalari viloyat xalqi oldida qasamod qildilar
Kirish imtihoni suhbat shaklida o‘tkaziladi, uni TDUU rektori tomonidan tasdiqlanadigan Imtihon komissiyasi o‘tkazadi. Suhbatda talabgorlar nima sababdan yurist kasbini tanlaganlarini asoslab beradilar, huquq sohasidagi tayanch bilimlari va tahliliy fikrlash qobiliyatiga egaliklarini namoyish etadilar. 100 ballik tizim bo‘yicha baho qo‘yiladi. 55 balldan kam ball to‘plagan talabgorlar o‘qishga qabul qilinmaydi.

Qayta tayyorlash kurslariga kirish uchun ariza bilan birga quyidagi hujjatlar elektron shaklda ilova qilinadi: pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat; oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplomdan ko‘chirma); 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi rangli fotosurat.

Hujjatlar kirish imtihoni (suhbat) o‘tkazilishidan 1 oy oldin qabul qilinadi.

Qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Kirish imtihonlari muvaffaqiyatli topshirilganidan so‘ng 15 ish kuni ichida kontrakt to‘lovi summasi o‘tkazilishi shart.

Yangiliklar lentasi
0