O‘zbekistonda yil boshidan buyon 13ta yangi jome masjidi ochildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yo‘lovchi musulmonlarga qulay sharoit yaratish maqsadida yo‘l bo‘ylarida, aeroport va vokzallarda ham masjidlar ochilmoqda.

TOShKENT, 21-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda yil boshidan buyon 13ta yangi jome masjidi ochildi deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi.

“Faqatgina Surxondaryo viloyatida yil boshidan boshlab 7ta yangi jome masjidi o‘z faoliyatini boshladi”, - dedi O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov xalqaro forumdagi nutqida.

Qozog‘istonda “Qardosh xalqlarning umumiy qadriyatlari” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda O‘zbekiston va Qozog‘istondan 600ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.

Forum davomida ular o‘zlarining ish tajribalari va zamonaviy jamiyatda masjid ishchilarining obro‘yi va javobgarlik burchi kabi mavzularda tajriba almashishdi.

Aytish joizki oxirgi yil davomida O‘zbekistonda yo‘lovchi musulmonlar namoz o‘qishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida yo‘l bo‘ylarida ham bir necha yangi kichik masjidlar ochilmoqda.  Ana shunday masjidlarning bir yaqinda Qamchiq dovonida ham ochilgan edi.

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0