Utkin o‘zbek futbol muxlislari bilan bevosita muloqotga chiqishini ma’lum qildi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovSportivniy kommentator, televedushiy Vasiliy Utkin
Sportivniy kommentator, televedushiy Vasiliy Utkin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U kecha bo‘lib o‘tgan Argentina-Xorvatiya o‘yinini boshqargan o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatovni Tvitterdagi sahifasida haqorat qilgan va ko‘plab ishqibozlarning noroziligiga sababchi bo‘lgandi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Rossiyalik sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bilan bevosita muloqotga chiqishini bildirdi.

"Qadrli, o‘zbek muxlislari! Maxsus sizlar uchun soat 11.40da (Moskva vaqti bilan) yoki bir necha daqiqa keyinroq la’natlaringizni qabul qilish va savollaringizga javob berish uchun Instagram orqali bevosita efirga chiqaman", deb yozdi u Tvitterdagi sahifasida.

​Eslatib o‘tamiz, u kecha bo‘lib o‘tgan Argentina-Xorvatiya o‘yinini boshqargan o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatovni Tvitterdagi sahifasida haqorat qilgan va ko‘plab ishqibozlarning noroziligiga sababchi bo‘lgandi.

Yangiliklar lentasi
0