Oliy sud: E-SUDga kelib tushgan arizalarning to‘rtdan bir qismi nikohdan ajratish to‘g‘risida

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sudlarga E-SUD tizimi orqali kelib tushgan arizalar va da’vo arizalarining o‘rtacha 20 foizi ayol-foydalanuvchilar tomonidan berilgan.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. 2018 yil 22-iyun holatiga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha respublika sudlariga E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi orqali jami 387 672 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 227 593 tasi sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ariza, 160 079 tasi esa, da’vo tartibida hal qilinadigan arizadan iborat.

Jenix i nevesta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda nikohdan ajratish jarayoniga o‘zgartirish kiritildi

Uznews.uzning yozishicha, elektron shaklda kelib tushgan da’vo arizalari va arizalar quyidagi toifalardan iborat: nikohdan ajratish — 25,6 foiz, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni tasdiqlash — 8,07 foiz, shaxsning huquqni vujudga keltiruvchi hujjatda ismi mos kelmasa, hujjatning unga tegishliligi, tegishli emasligi faktini belgilash — 7,1 foiz, qarzni undirish — 5,8 foiz va oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq boshqa nizolar — 5,1 foiz.

Sudlarga E-SUD tizimi orqali kelib tushgan arizalar va da’vo arizalarining o‘rtacha 20 foizi ayol-foydalanuvchilar tomonidan berilgan.

Shuningdek, sudlarga elektron tarzda murojaat qilayotgan advokatlarning soni ham ortib bormoqda. Xususan, bugungi kunda E-SUD tizimidan 379 nafar advokat ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ular tomonidan shu yil boshidan buyon fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga jami 7 915 ta elektron arizalar topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi O‘zbekiston Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), BMT Taraqqiyot Dasturining "O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik" qo‘shma loyihasi doirasida fuqarolik ishlari bo‘yicha barcha sudlarda keng joriy etilgan.

Yangiliklar lentasi
0