Toshkentda ikkita xonadonga o‘t ketishi oqibatida to‘rt kishi jarohatlandi

© Foto: GUVD TashkentaPojar v jilom dome v Tashkente
Pojar v jilom dome v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olovni mustaqil o‘chirish vaqtida xonadonning to‘rt nafar a’zosi kuyish jarohatini olgan va kasalxonaga yotqizilgan.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Aliyev ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning ikkita xonadonida yong‘in sodir bo‘lishi natijasida to‘rt kishi jarohat oldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot multimedia markazi xabar qildi.

Yong‘in 22-iyun kuni taxminan soat 19.51da sodir bo‘lgan.

"Yong‘in 3-qavatdagi xonadonda kelib chiqqan va dastlabki taxminga ko‘ra, bunga gaz plitasida ichida yog‘ qizdiralayotgan qozonning qarovsiz qoldirilgani sabab bo‘lgan", — deyiladi xabarda.

Olovni mustaqil o‘chirish vaqtida xonadonning to‘rt nafar a’zosi kuyish jarohatini olgan va kasalxonaga yotqizilgan.

Alanga yuqori qavatning balkoniga o‘tgan. Ushbu xonadondan uch kishi o‘t o‘chiruvchilar tomonidan qutqarib olingan.

Soat 20.13da tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yangiliklar lentasi
0