O‘zbekistonda ilk bor "Tank biatloni" musobaqasi o‘tkaziladi

© Ministerstvo oboroni RUzTankoviy biatlon vpervie proydet v Tashkente
Tankoviy biatlon vpervie proydet v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkaziladigan mazkur nufuzli musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lishi kutilmoqda

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. 24-26 iyun kunlari Toshkent harbiy okrugi "Chirchiq" umumqo‘shin dala o‘quv maydoni bazasida birinchi marotaba Mudofaa vazirligi miqyosida "Tank biatloni" musobaqasi o‘tkaziladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati vakili.

"Mazkur nufuzli musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Unda Toshkent, Janubi-g‘arbiy maxsus, Markaziy, Shimoli-g‘arbiy harbiy okruglari hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtidan jami 6 ta jamoa qatnashib, o‘zaro kuch sinashadi. Ikki bosqichda o‘tadigan bellashuvlarda T-72 va T-62 tank ekipajlari tomonidan harbiy-amaliy mashqlar namoyish qilinadi", — dedi suhbatdosh.

Eslatib o‘tamiz, 9-may — Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab shu yilning 6-may kuni mamlakatimizdagi birinchi tank biatloni maydonining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda ikki tank ekipajining musobaqada ko‘rgazmali tarzda belgilangan to‘siqlardan o‘tishi va mashq shartidagi nishonlarni yakson etishi ko‘rsatib berilgandi.

Yangiliklar lentasi
0