Toshkentda ofitserlarga pogon topshirish marosimi boʻlib oʻtdi

© Ministerstvo oboronы RUzV Ministerstve oboronы proshli torjestva, po sluchayu vыpuska leytenantov
V Ministerstve oboronы proshli torjestva, po sluchayu vыpuska leytenantov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligida yosh leytenantlarning bitiruv marosimi boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy taʼlim muassasalari — Qurolli Kuchlar akademiyasi (umumqoʻshin fakulteti), Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot tezxnologiyalari universiteti maxsus fakulteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakultetida yosh ofitserlarning navbatdagi bitiruvi munosabati bilan tantanali tadbirlar oʻtkazildi.

Voyennыe Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda zahiradagi ofitserlar haqiqiy harbiy xizmatga chaqirildi
Qurolli Kuchlar akademiyasida boʻlib oʻtgan tantanada Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzaaliyev va boshqa davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari, bitiruvchilarning qarindoshlari va yaqinlari ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar bitiruvchilarni samimiy muborakbod etib, keyingi xizmatida muvaffaqiyat va omadlar tiladi.

© Ministerstvo oboronы RUzV Ministerstve oboronы proshli torjestva, po sluchayu vыpuska leytenantov
V Ministerstve oboronы proshli torjestva, po sluchayu vыpuska leytenantov - Sputnik Oʻzbekiston
V Ministerstve oboronы proshli torjestva, po sluchayu vыpuska leytenantov

Oʻzbekiston Mustaqilligining 27 yilligi arafasida qoʻshinlarga yoʻllanma olgan leytenantlar Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarligi maʼno-mazmunini tubdan oʻzgartirish, taktik, oʻquv mashqlarini puxta rejalashtirish, ularni jangovar sharoitlarga imkon qadar toʻla yaqinlashtirgan holda olib borish tizimini takomillashtirish, harbiy xizmatchilarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida bor bilim va koʻnikmalarini ishga solib, oʻzlarining munosib ulushlarini qoʻshishiga ishonch bildirishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala