Ravshan Ermatov yana bir o‘yinga hakamlik qiladi

© AFP 2023 / STRRavshan Irmatov vo vremya intervyu
Ravshan Irmatov vo vremya intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
JCh-2018da Ravshan Ermatov yana bir o‘yinga hakamlik qiladi. Unga ikki o‘zbekistonlik referilar Abduxamidullo Rasulov va Djaxongir Saidovlar yordam berib turadi.

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi  Jahon chempionatida Ispaniya va Marokko terma jamoalari o‘yinini boshqaradi, deb xabar qilmoqda FIFA matbuot xizmati.  

“V” guruhi o‘yini Kaliningradda 25-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Moskva vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

“Ermatovga uning hamurtlari Abduxamidullo Rasulov va Djaxongir Saidovlar yordam beradi. To‘rtinchi referi etib BAAlik Moxammed Abdulla Moxamed tayinlandi, zahiradagi referi esa — Moxamed Al-Xammadi(BAA)”, — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bu JCh-2018 Ravshan Ermatov bosh hakam bo‘lgan ikkinchi o‘yin bo‘ladi. Ermatov boshqaruvida birinchi o‘yin 21-iyun kuni Argentina va Xorvatiya jmoalari orasida bo‘lib o‘tgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0