Lola Karimova-Tillyayeva AQShda Mirzo Ulug‘bek haqidagi kinoasarni havola etdi

© Foto: Lola Karimova / facebookLola Karimova-Tillyayeva na pokaze filma v Los-Andjelese
Lola Karimova-Tillyayeva na pokaze filma v Los-Andjelese - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu film Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayevning produserligi ostida rejissor Bahodir Yuldoshev tomonidan suratga olingan.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. AQShning Los-Anjeles shahrida Sharqning buyuk mutafakkiri va Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiluvchi "Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon" tarixiy hujjatli filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Karimov fondining Facebook'dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Ushbu film Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayevning produserligi ostida rejissor Bahodir Yuldoshev tomonidan suratga olingan.

Los-Anjelesdagi taqdimotda 1969-yilda "Apollon 11" missiyasi doirasida Oy yuziga ikkinchi bo‘lib qadam bosgan afsonaviy amerikalik astronavt Bazz Oldrin va tarixiy kinolentada bosh rolni ijro etgan aktor, jahon kinosi yulduzi Armand Assante ishtirok etdilar.

© Fond Islama Karimova / Fond Islama KarimovaLola Karimova-Tillayeva na premyere istoricheskogo dokumentalnogo filma v Los-Andjelese.
Lola Karimova-Tillayeva na premyere istoricheskogo dokumentalnogo filma v Los-Andjelese.  - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova-Tillayeva na premyere istoricheskogo dokumentalnogo filma v Los-Andjelese.

Mazkur kinoasar 2017-yilda 74-chi Xalqaro Venetsiya kinofestivalida "Eng yaxshi xorijiy hujjatli film" nominatsiyasida nufuzli "Kineo" mukofotiga sazovor bo‘ldi, Italiyaning Iskya orolida bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestivalda esa "Eng yaxshi hujjatli film" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Shu yil sentabr oyida "Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon" filmini o‘zbek tilida tekin ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0