Murod Xonto‘rayev tergov izolyatoriga joylashtirildi - OAV

Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, Murod Xonto‘rayev Toshkent shahar prokurori iltimosnomasi bilan hibsga olingan

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Jinoiy ishlar bo‘yicha Yunusobod tumani sudi tomonidan Toshkent shahar prokuraturasining Murod Xonto‘rayevga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida istimosnomasi ko‘rib chiqildi va qanoatlantirildi. Bu haqda "UzNews.uz" muxbiriga Oliy sud vakili Aziz Obidov ma’lum qildi.

Boysi, kotorie srazatsya za poyas chempiona WEF: Murod Xanturayev (Uzbekistan) i Konstantin Andreysev (Rossiya) - Sputnik O‘zbekiston
Murod Xonto‘rayev nega qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi

Murod Xonto‘rayev 1987-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston fuqarosi, ma’lumoti tugallanmagan oliy, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiy universiteti filiali 3-kurs talabasi, oilali, ikki nafar farzandi bor, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b", "v" — bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblanmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi 22-iyun kuni Murod Xonto‘rayevga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingan va u UYa 64/1-sonli Tergov hibsxonasiga yuborilgan, deb ma’lum qildi suhbatdosh.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi Murod Xonto‘rayev qo‘lga olinganligini tasdiqlagan edi.
IIBB xabariga ko‘ra, Murod Xonto‘rayev hamda bir qator shaxslar joriy yilning 20 dan 21-iyunga o‘tar kechasi Yunusobod tumanidagi tungi klublardan birida jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzganlik, tartibsizlik qilgani uchun ushlangan.

Hozirda, Murod Xonto‘rayevga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0