Nursulton Nazarboyev nabirasini uzatdi

© Sputnik / AlexTikhomirovSvadebnie kolsa
Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidentining qizi - Dariga Nazarboyeva qiz uzatdi. Nikoh oqshomi besh yulduzli mehmonxonada o‘tgan, deb yozadi Sputnik Qozog‘iston

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Qozog‘iston Xalqaro munosabatlar, mudofaa va sneati xavfsizligi qo‘mitasi raisi Dariga Nazarboyevaning qizi Venera turmushga chiqdi.

Dariga Nazarbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Dariga Nazarbayeva O‘zbekiston bilan "shengen" viza tartibini o‘rnatishni taklif qildi
Qozog‘iston prezidentining nabirasi, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yashar Dalen Chayjunusovga turmushga chiqqan.

Internet tarmog‘ida tarqatilgan fotosuratlarga ko‘ra, nikoh oqshomi Olma-Otadagi besh yulduzli mehmonxona Ritz-Carlton ning ballar zalida o‘tkazilgan.

Ammo mehmonxona vakillari Sputnik muxbiri bilan suhbatda ushbu xabarni tasdiqlamadilar va inkor ham etmadilar.

To‘yda "Rossiya estradasi qiroli" Filipp Kirkorov mehmon sifatida ishtirok etgan.

Venera Nazarboyeva 2000-yilning may oyida tug‘ilgan. Yosh bo‘lishiga qaramay, o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rishga ulgurgan: "Olma-Ota, mening birinchi muhabbatim" retro-festivalida Britni Spirs qo‘shig‘ini kuylagan va Qozog‘iston-Rossiya-Germaniya hamkorligida suratga olingan "Baykonur" filmida epizodik rol ijro etgan.

Yangiliklar lentasi
0