O‘zbekistonda tabiiy gaz sarfini kamaytiradigan yangi ko‘mirli energoblok ishga tushirildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSolnechnaya elektrostansiya
Solnechnaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Energobloklar ekologiyani yaxshilash va ekvivalent elektroenergiya hajmini ishlab chiqarish uchun tabiiy gaz sarfini ikki baravar kamaytirish imkonini berdi.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. 2018 yil 25-iyun kuni Toshkentda "Hyatt Regency Tashkent" mexmonxonasida Osiyo Taraqqiyot Banki va "O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati hamkorligida "Elektr energetika sohasidagi islohotlar va uning istiqbollari — orttirilgan tajriba, xulosalar va rad etilgan afsonalar" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi "O‘zbekenergo" AJ matbuot xizmati.

Zaporojskaya AES - Sputnik O‘zbekiston
Ashrafxonov: Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida AES qurilishi kelishib olingan

Xabarda aytilishicha,Tadbirda Markaziy Osiyo va Afg‘onistonning davlat elektr energiya xolding va korporatsiya rahbarlari, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mutaxassislari hamda global konsalting kompaniya vakillari ishtirok etishadi.

Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi va boshqa moliya institutlari hamda yetakchi xalqaro kompaniyalar ishtirokida Navoiy IESni kengaytirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi — quvvati 478 MVtga teng bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi.

Shuningdek, Tolimarjon IESda quvvati 900 MVt teng ikkita bug‘-gaz qurilmasi, Toshkent IESda quvvati 370 MVtga teng bug‘-gaz qurilmasi, Toshkent IEMda quvvati 27 MVtga teng kogeneratsion gazoturbina qurilmasi, Angren IESda quvvati 150 MVtga teng yuqori kulchan ko‘mirli energoblok ishga tushirildi.

Hozirgi kunda "O‘zbekenergo" AJ va OTB o‘rtasida jami 1 mlrd 700 ming dollarga teng loyihalar investitsiya kiritilmoqda. Kelgusida yana 1 mlrd dollariga teng loyihalarni OTB tomonidan moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.

Ushbu energobloklar ekologiyani yaxshilash va ekvivalent elektroenergiya hajmini ishlab chiqarish uchun tabiiy gaz sarfini ikki baravar kamaytirish imkonini berdi. Hozirgi vaqtda issiqlik elektrostansiyalarida elektr quvvatining 30 foizini yangi energosamarador energobloklarda ishlab chiqarilmoqda.

Muqobil energiya bo‘yicha chempion – Navoiy viloyati

Elektrostansiyalardan quvvatlarni uzatib berish uchun magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlarini modernizatsiyalash va rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan OTB ishtirokida Taxiatosh IESdan yangi Sarimoy kichik stansiyasigacha 220 kVli elektr uzatish liniyasini qurish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirish ishlari boshlandi.

Past voltli elektr tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida butun energotizim bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda va natijada, taqsimlash elektr tarmoqlaridagi ayrim hududlarda miqdori 15 foizgacha yetadigan elektr energiyasini yo‘qotishlarini ancha kamaytirish taxmin qilinmoqda.

"Fizika-Quyosh" ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi bazasida "O‘zbekenergo" AJ ta’sischiligida Quyosh energiyasi instituti tashkil etildi. Shuningdek yaqin 4-yil ichida "Sky Power Global" xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda quvati 1000 MVTga teng quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirish mo‘ljallanmoqda.

O‘zbekiston energotizimi Markaziy Osiyo BETning o‘rtasida joylashgan va bu mintaqa davlatlari bilan elektronergiya almashish uchun qulay sharoit yaratadi. Hozirgi vaqtda hukumatlararo bitimlar va tuzilgan shartnomalarga muvofiq bu sohada hamkorlik qilinmoqda.

Bundan tashqari "O‘zbekenergo" Afg‘oniston Islom Respublikasiga elektr energiyasi yetkazib bermoqda, shuningdek biz 500 kVtli "Surxon — Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasini qurishga kirishdi va bu Afg‘oniston energotizimini O‘zbekiston va Markaziy Osiyo yagona energotizimiga ulash imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0