Rossiya biz kutgandan ham zo‘r ekan - JCh mehmonlari

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishBolelshiki sbornoy Meksiki
Bolelshiki sbornoy Meksiki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turli mamlakatdan kelgan futbol muxlislari Rossiya haqida nima deb o‘ylaydi: chiroyli arxitektura, chiroyli qizlar va bemaza pivo

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Ayni damda Rossiyaning futbol o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan shaharlari ko‘chalari turli mamlakatlardan kelgan futbool muxlislariga to‘la. Blogerlar Rossiya mehmonlarda qanday taasurot qoldirgani bilan qiziqishdi.

Nigeriya, Meksika, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya, Misr, Peru va boshqa o‘nlab mamlakatlardan kelgan mehmonlarga bir xil savollar bilan murojaat qilindi.

Germaniya va Meksika o‘yini oldidan futbol muxlislari - Sputnik O‘zbekiston
JCh-2018 futbol muxlislari

Aksariyat mehmonlarning fikriga ko‘ra Rossiya ular kutganidan ham yaxshi bo‘lib chiqqan.

Bu yerdagi odamlar juda ko‘ngilchan. Ko‘chada nima qilishini bilmay turgan mehmonga o‘zlari yordam taklif qilishga tayyor. Ba’zilar hatto uylariga yashashni taklif qilishgan. Rossiyalik qizlar juda chiroyli ekan. Asosiy muammo – ko‘pchillik ingliz tilini bilmasligi.

Shaharlar juda chiroyli va toza. Futbol muxlislari Rossiyada arxitektura va qizlar  juda chiroyli ekanini ta’kidlashmoqda. Yana Moskva katta shahar bo‘lishiga qaramasdan ko‘chalarning tozaligini va qulay transport tizimini ham qayd etishmoqda.

Qimmat va xavfli taksi. Mehmonlar aytishiga qaraganda, ba’zi hollarda taksi haydovchilari mehmonlarni aldamoqchi bo‘lgan. Ikkinchidan ayrim taksi haydovchilari juda xavfli ravishda mashina haydagan, lekin bunday hollar kam bo‘lgan.

“Bizning mamlakat Amerika madaniyati ta’siri ostida. Ular ko‘p hollarda Rossiyani biroz qoralab ko‘rsatishga harakat qiladi, lekin aslida bu yer juda yaxshi joy ekan”, - deydi muxlislardan biri.   

Britaniya, Germaniyalik muxlislar bu yerda ko‘chada sotiladigan pivoning sifati uncha yuqori emasligini ham aytib o‘tishgan.

Qo‘yida ushbu videolavhani batafsil tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0