"Soching o‘zingnikimasmi, saylovda qatnashma": Tramp parik taqadiganlarga maslahat berdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishAmerikanskiy milliarder i televedushiy Donald Tramp
Amerikanskiy milliarder i televedushiy Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika yetakchisi, saylovoldi kampaniyasi vaqtida NBC telekanalida satirik shou boshlovchisi Jimmi Fellonuga sochlarini to‘zg‘itib ko‘rishga ruxsat berganligi haqidagi voqeani yodga oldi.

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Karolina shtatida o‘zining saylovchilari bilan uchrashuvi chog‘ida, parik taqadiganlarga saylovlarda ishtirok etmaslikni maslahat berdi.

Milliarder Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
AQShlik teleboshlovchi jonli efirda Trampning mashhur soch turmagini paxmaytirdi

"Barcha mening sochlari haqiqiymasligi, ular meniki emasligini gapirardi, emishki men parik taqarmishman. Lekin endi hech kim bu haqda gapirmaydi, sababi, men sharros yomg‘ir ostida bo‘ldim, soatiga 60 mil esayotgan shamolda ham… Agar u sochlar seniki bo‘lmasa, saylovlarda ishtirok etma", — dedi Tramp.

Tadbir Fox News telekanali tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilingan.

Amerika yetakchisi, saylovoldi kampaniyasi vaqtida NBC telekanalida satirik shou boshlovchisi Jimmi Fellonuga sochlarining haqiqiy-haqiqiymasligiga ishonch hosil qilish uchun ularni to‘zg‘itib ko‘rishga ruxsat berganligi haqidagi voqeani yodga oldi.

"Sochlarim haqiqiyligini bilgach, uning kayfiyati tushib ketgandi", — dedi AQSh prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0