Quronboyev ishsiz yurgan yoshlarga Imkon markazi yordam berishini aytdi

© Podrobno.UZPredsedatel Sentralnogo soveta Soyuza molodeji Kaxramon Kuranbayev
Predsedatel Sentralnogo soveta Soyuza molodeji Kaxramon Kuranbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yoshlarga imkon markazi o‘z ishini boshlab yuborgan va bugungi kunda markazga ish topish istagida murojaat qilayotganlar ko‘pchilikni tashkil etadi

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Yoshlarga imkon markazi samarali faoliyat yuritmoqda, deb xabar qilgan o‘zining Feysbukdagi sahifasida O‘zbekiston Yoshlar yetakchisi Qahramon Quronboyev.

Yarmarka vakansiy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasidan reportaj: ishga muhtojlar nimadan afsuslandi
Quronboyev ilgariroq O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida tashkil etilgan Yoshlarga imkon markazi o‘z faoliyatini boshlagani haqida ma’lum qilganini eslatib o‘tgan.

Uning aytishicha, bu xabar O‘zbekiston bo‘ylab barcha yoshlarni qiziqtirib qo‘ygani bois, markazga ko‘plab murojaat va so‘rovlar kelib tushmoqda.

Postda markazga murojaat qilib, ish topgan qashqadaryolik Hamidulla Eshqobilovning fikri keltirib o‘tilgan.

"Yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashayotgan imkon markazining faoliyati haqida radioda eshitganimda avvaliga ishonmadim. So‘ng mazkur markazga ish so‘rab murojaat qildim. Qurilish sohasi bo‘yicha uquvim borligi uchun markaz tomonidan mavsumiy ishga joylashtirildim", — deydi Hamidulla.

© Foto iz FeysbukaYoshlarga imkon markazi
Yoshlarga imkon markazi - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlarga imkon markazi

Ta’kidlanishicha, Hamidulla hozirgi ishidan juda xursand.

Mavsumiy ishlarga joylashish borasida to‘liq ma’lumot imkon.uz saytida keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0