Bosh hakam Ravshan Ermatov Ispaniya-Marokash bahsida hal qiluvchi qarorni qabul qildi

© Sputnik / Yelena RuskoFutbol. ChM-2018. Match Ispaniya - Marokko
Futbol. ChM-2018. Match Ispaniya - Marokko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ispaniya va Marokash uchrashuvi 2:2 hisobda yakunlandi. Ispaniyaliklar o‘yin so‘nggi palasida hisobni tenglashtirishdi. To‘g‘ri qaror qilish uchun Ravshan Ermatovga videoassistentlarning yordami kerak bo‘ldi.

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Ispaniya terma jamoasi qattiq kurash bilan kechgan bahsda durang natijaga erishdi. Hal qiluv qarorni qabul qilish uchun bosh hakam videoassistentlar bilan maslahatlashadi.

Sportivniy kommentator, televedushiy Vasiliy Utkin - Sputnik O‘zbekiston
"Uzr, Rovshan aka": Utkin Ravshan Ermatovdan kechirim so‘radi

Ispaniyaliklar o‘yinda to‘p egallashda va hududiy ustunlikka qaramasdan ikki marta hisobda ortda qolishdi.

Boshida 14 daqiqada Xalid Butaib gol urdi, besh daqiqadan so‘ng ispaniyaliklar hisobni tenglashtirishdi. Keyinchalik marokashlik Yussef En-Nesiri ikkinchi golni urdi.

Guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotmaslik uchun final hushtak chalishiga sanoqli daqiqalar qolganda ispaniyaliklar burchakdan to‘p kiritadigan bo‘lishdi. Burchakdan uzatilgan to‘pni Yago Alpas chiroyli tarzda darvozaga kiritadi. Biroq chiziqdagi hakam o‘yindan tashqari holat deb ko‘rsatadi.

O‘zbekistonlik hakami Ravshan Ermatov erkin zarba amalga oshirish kerakligini ko‘rsatadi. Biroq videoassistentlar holatni takroran ko‘rgandan so‘ng bosh hakami Ravshan Ermatovga ushbu gol qoida doirasida o‘rilganligini ma’lum qilishdi. Shundan so‘ng, Ermatov ushbu golni hisoblash haqida qaror qilib, markaz maydoniga ko‘rsatadi.

Har ikkala jamoa o‘yinchilari qo‘pol o‘yin ko‘rsatishmadi, marokkashlik o‘yinchilarga atigi 6 ta sariq kartochka ko‘rsatildi.

Natijada hisob 2:2 hisob bilan yakunlandi. Ispaniya terma jamoasi guruhda birinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga o‘tdi. Endi ular chempionat mezboni — Rossiya terma jamoasi bilan uchrashadi.

Yangiliklar lentasi
0