Toshkent IIBB bog‘chada olib borilayotgan qurilish ishlariga yaqindan ko‘mak bermoqda

© GUVD g. TashkentaGUVD g. Tashkenta uchastvuyet v rabotax po kapitalnomu remontu detskogo sada v Shayxantaxurskom rayone
GUVD g. Tashkenta uchastvuyet v rabotax po kapitalnomu remontu detskogo sada v Shayxantaxurskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB tomonidan Shayxontohur tumanidagi 412-maktabgacha ta’lim muassasasida zarur qurilish-ta’mirlash ishlarining amalga oshirilishida yaqindan ko‘mak berib kelinmoqda.

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Toshkent IIBB xodimlari Shayxontohur tumanidagi 412-maktabgacha ta’lim muassasasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarida qatnashmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, hozirgacha ma’muriy bino va musiqa zalining romlari yangisiga to‘liq almashtirildi. Muassasaga kiraverishdagi hovuz o‘rniga dekorativ favvora o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

© GUVD g. TashkentaGUVD g. Tashkenta uchastvuyet v rabotax po kapitalnomu remontu detskogo sada v Shayxantaxurskom rayone
GUVD g. Tashkenta uchastvuyet v rabotax po kapitalnomu remontu detskogo sada v Shayxantaxurskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
GUVD g. Tashkenta uchastvuyet v rabotax po kapitalnomu remontu detskogo sada v Shayxantaxurskom rayone

Bolalar maydonchasidan tashqari bog‘cha hududida maxsus sport burchagi o‘rin oladi. Bu yerda jajji o‘g‘il-qizlar futbol, voleybol va basketbol kabi o‘yinlarni o‘rganishadi. Bir so‘z bilan qurilish rejasiga ko‘ra, bolalar bog‘chasining hududi butunlay yangicha ko‘rinishda qad rostlaydi.

© GUVD g. TashkentaGUVD g. Tashkenta uchastvuyet v rabotax po kapitalnomu remontu detskogo sada v Shayxantaxurskom rayone
GUVD g. Tashkenta uchastvuyet v rabotax po kapitalnomu remontu detskogo sada v Shayxantaxurskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
GUVD g. Tashkenta uchastvuyet v rabotax po kapitalnomu remontu detskogo sada v Shayxantaxurskom rayone

Qurilishda landshaft dizaynidan keng foydalanish ko‘zda tutilgan. Loyihaga ko‘ra, bolalar bog‘chasi oshxonasi avvalgidan farqli ravishda alohida binoda tashkil etiladi. Bundan tashqari bolajonlar uchun yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi maydonchaning ham barpo etilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0