O‘zbekiston harbiylari Rossiyadagi minaga qarshi o‘quv markazida tahsil oladi

© Sputnik / Pavel Gerasimov / Mediabankka o‘tishInostrannie spetsialisti posetili Mejdunarodniy protivominniy sentr VS RF
Inostrannie spetsialisti posetili Mejdunarodniy protivominniy sentr VS RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Minadan tozalash o‘quv kursida Armeniya, Belarus, Qozog‘iston harbiylari ham tahsil oladilar

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston saperlari 1-sentabrdan xalqaro minaga qarshi o‘quv markazida tahsil olishni boshlashadi.

General-mayor Abdusalom Azizov vruchil grudnie znaki kursantam - Sputnik O‘zbekiston
General-mayor Azizov kursantlarga: "Orangizdan yetuk qo‘mondonlar chiqishiga umid bildiraman"

Shuningdek, ushbu o‘quv kurslarda Armeniya, Belarus, Qozog‘iston harbiylari tahsil olishadi, deb xabar qildi Mudofaa vaziri matbuot xizmati.

“Suriyada jangovar vazifalarini amalga oshirish tajribasini hisobga olgan holda xalqaro minaga qarshi o‘quv markazida harbiylarni minadan tozalash sohasida xorijiy harbiylarni tayyorlash uchun o‘quv baza obyektlar yaratildi. 2018-yil 1-sentabrdan boshlab Armeniya, Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekistondan harbiylarni o‘qitish rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

Bugungi kunga qadar ushbu markazda O‘zbekiston, Armeniya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan kelgan 50 nafardan ortiq harbiylar tahsil oldi.

“So‘nggi uch yil ichida Rossiyada tahsil olgan harbiy xizmatchilarning soni 2,5 baravarga ko‘paydi”, - deb ta’kidlashdi Mudofaa vazirligida.

Xususan, Tumendagi A.I.Proshlyakov nomidagi oliy harbiy-muhandislik bilim yurtida 350 dan ortiq xorijiy kursantlar tahsil olmoqda. 2013-2017 yil davomida 100 dan ortiq MDH davlatlaridan kelgan harbiylar tahsil oldi.

Yangiliklar lentasi
0