Vadim Abramovga murabbiylik litsenziyasi qaytarildi

© AFP 2023 / BEHROUZ MEHRITrener Vadim Abramov
Trener Vadim Abramov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Vadim Abramov futbolga qaytishi uchun ruxsat berdi

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi so‘nggi bor Farg‘onaning "Neftchi" klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan Vadim Abramov professional faoliyatini davom ettirishi uchun ruxsat berdi.

Futbol. ChM-2018. Match Ispaniya - Marokko - Sputnik O‘zbekiston
Bosh hakam Ravshan Ermatov Ispaniya-Marokash bahsida hal qiluvchi qarorni qabul qildi

Xabarda aytilishcha, Vadim Abramov bu borada O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga murojaat bilan chiqqandi. Tashkilot Ijroqo‘mi uning arizasini o‘rganib chiqdi va Vadim Abramovga murabbiylik faoliyatini davom ettirish uchun ruxsat berdi.

"Mazkur mutaxassis mamlakat futboli uchun salmoqli mehnat qilgan. U erishgan natijalar hurmatga loyiq. Shu bilan birgalikda Vadim Abramov ham futbolchilar, murabbiylar va mutaxassislarni hurmat qilishi lozim.

Murabbiylar, klublar rahbarlari bitta jihatni to‘g‘ri tushunib olishi kerak. Bundan buyon futbol bedarvoza bo‘lmaydi. Har bir ish, har bir hatti-harakatning javobi bo‘lmog‘i lozim. Hozirda ham buni anglab yetmayotgan va o‘z holicha ish olib borayotgan kishilar oramizda bo‘lishi mumkin. Kimdir futbolga gard yuqtirmoqchi bo‘lsa, unga oramizda joy yo‘q. O‘z ishini bilib, professional tarzda ado etish istagida bo‘lgan, o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaydigan kadrlar uchun esa barcha eshiklar ochiq", — deyilgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Abramov 2010-2012 yillarda O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiyi bo‘lgan. Shuningdek, O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasi, “Lokomotiv” va 2017 yil iyun oyida "Neftchi" murabbiysi bo‘lgan.  

Yangiliklar lentasi
0