Jamiyat

Jahon banki Oʻzbekistonga soliq tizimini isloh qilish boʻyicha maslahat berdi

Jahon banki ekspertlari Oʻzbekistonga qoʻshimcha qiymat soligʻi qamrovini kengaytirib, maqsadli fondlarga amalga oshirilayotgan majburiy toʻlovlarni bekor qilishni maslahat bermoqda.

TOSHKENT, 27 iyun - Sputnik. Jahon Banki ekspertlar guruhi Oʻzbekiston Moliya vazirligida soliq siyosati boʻyicha prezentatsiya oʻtkazishdi deb xabar qilmoqda OʻzA.

Kalkulyator - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda soliq tizimining mutlaq yangi kontseptsiyasi eʼlon qilindi

Xalqaro tashkilot ekspertlari Qoʻshimcha qiymat soligʻini (NDS) saqlab qolish va ushbu soliq bilan kichik biznes subʼyektlarini ham qamrab olishni maslahat bermoqda. Ikinchi tomondan esa, ekspertlar davlat maqsadli fondlariga amalga oshirilayotgan barcha majburiy toʻlovlarni bekor qilishni maslahat berishmoqda.

Alma Kanani boshchiligidagi ekspertlar guruhi fikriga koʻra, ushbu choralar iqtisodda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga olib keladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu kunlarda Oʻzbekiston soliq tizimini isloh qilish kontseptsiyasi qizgʻin muhokama qilinmoqda. Xususan, taklif qilinayotgan yangli soliq kodeksida, jumladan  quyidagilar nazarda tutilgan:

  1. Soliq tizimini imkon qadar soddalashtirish; Bir necha soliqlarni birlashtirish yoʻli bilan, soliqlar sonini kamaytirish;
  2. Soliq bosimini kamaytirish, yirik va kichik biznesga qoʻyiladigan soliq bosimini baravar qilish;
  3. Soliq qonunlarining toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishini yoʻlga qoʻyish. Barcha tafovutlar, istisnolarni bekor qilish;
  4. Kichik biznesni kengaytirishga xalal berayotgan omillarni olib tashlash;
  5. Qoʻshilgan qiymat soligʻini 20 %dan 12%gacha kamaytirish;
  6. Jismoniy shaxslar toʻlaydigan barcha soliqlarni yagona soliqqa birlashtirib – 25 % miqdorida belgilash va boshqa choralar.
Yuliy Yusupov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekistonda soliq bosimi naqadar katta?

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev soliq islohotlariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida soliq isloholarini qabul qilishda shoshilmaslik kerakligini aytgan edi. Prezident aytishiga qaraganda yangi soliq tizimini joriy etish uchun 3 yildan 10 yilgacha vaqt kerak boʻlishi mumkin.

Ushbu mushkul ishni amalga oshirish maqsadida bugungi kunda Oʻzbekiston soliq islohotlari sohasida katta tajribaga ega boʻlgan xorijiy ekspertlarni taklif qilgan. Jahon banki ekspertlaridan tashqari,  Rossiyada oʻtkazilgan soliq mualliflaridan biri, amaldagi davlat maslahatchisi, Sergey Shatalov ham Oʻzbekistonda doimiy asosda ishlashga  taklif qilingan.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala