Senat chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishKalyannaya
Kalyannaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonunda chilim va elektron sigaretalarni chekish mumkin bo‘lmagan jamoat joylari ro‘yxatiga aniqlik kiritilgan.

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Oliy Majlis Senatida "Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida"gi qonun ma’qullandi. "Xalq so‘zi" nashri xabariga asosan.

Mujchina kurit sigaretu, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tayyor tamaki mahsulotlari eksportini boshladi

Qonun 15 moddadan iborat bo‘lib, unda "chilim", "chilim uchun tamakisiz chekish aralashmasi", "chilim chekish uchun damlama", "chilim uchun chekish toshi", "elektron sigareta" kabi asosiy tushunchalar mazmuni ochib berilgan.

Qonunda chilim va elektron sigaretalarni chekish mumkin bo‘lmagan jamoat joylari ro‘yxatiga aniqlik kiritilgan. Chilim va elektron sigaretalar chekishni reklama va targ‘ib qilishni cheklashga doir normalar kiritilgan, jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash choralarini ko‘rish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar va ularning majburiyatlari belgilangan.

Chilim va elektron sigaretalar chekish uchun jamoat joylarida xonalar va joylar ajratish, shuningdek jamoat joylarida chilimlarni, chekish aralashmalarini (chekish masallig‘ini, chekish toshlarini) foydalanish uchun taqdim etish taqiqlangan.

Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash bo‘yicha profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar (muassasalar), tashkilotlar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0