Toshkentdagi yer osti yo‘li devoriga noyob chiroqlar o‘rnatildi

© Repost.uzV Tashkente poyavilis installyatsii znamenitix istoricheskix obyektov
V Tashkente poyavilis installyatsii znamenitix istoricheskix obyektov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yer osti yo‘li devoriga mashhur obyektlarini tasvirlovchi chiroqlar o‘rnatildi.

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Toshkent shahrining Mustaqillik ko‘chasida joylashgan yer osti yo‘li devorida noyob chiroqlar joylashtirildi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, bu chiroqlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular Toshkentda joylashgan eng e’tiborli va mashhur binolarni tasvirlab turadi.

Toshkent teleminorasi, Amir Temur haykali shu kabi poytaxtning diqqatga sazovor binolari chiroqlar yordamida tasvirlangan.

Mazkur jamlanma Mustaqillik ko‘chasining Pushkin metro bekati yaqinidagi xalq tilida Salar ko‘prigi nomi bilan ataladigan yo‘l o‘tkazgich ostidagi yer osti yo‘li devoriga o‘rnatilgan.

Yangiliklar lentasi
0