O‘zbekistonda yoshlarning biznes loyihalariga imtiyozli kreditlar beriladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente
Mejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil 1-iyuldan boshlab respublikaning barcha tuman (shahar)larida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi amalga oshiriladi.

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyun kuni ""Yoshlar — kelajagimiz" Davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini bajarish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Ushbu farmon talablariga ko‘ra, 2018-yil 1-iyuldan boshlab respublikaning barcha tuman (shahar)larida "Yoshlar — kelajagimiz" Davlat dasturi amalga oshiriladi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzurida "Yoshlar — kelajagimiz" jamg‘armasini, shuningdek, uning tuman va shahar filiallarini tashkil etish, jamg‘armaning mablag‘laridan Davlat dasturidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish ko‘zda tutilgan.

Davlat dasturi doirasida olinadigan kreditlar bo‘yicha kredit hajmining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kafilliklar beriladi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik loyihalarida ular qiymatining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ishtirok etish, keyinchalik jamg‘arma ulushini 5-yil davomida realizatsiya qilish kerak bo‘ladi.

Shuningdek, tegishli ko‘nikmalarga ega band bo‘lmagan yoshlar yashaydigan uy xo‘jaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon bolasi, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olish, ularning qiymatini kelishilgan muddatlarda qaytargan holda ularni boqish va keyinchalik realizatsiya qilishda ko‘maklashish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0