Hindiston ayollar uchun eng xavfli mamlakat deb tan olindi

© AFP 2023 / SAJJAD HUSSAINJenshini v Indii s morojenim
Jenshini v Indii s morojenim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayollar yashashi uchun eng xavfli bo‘lgan dunyoning 10ta mamlakati e’lon qilindi.

TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. Thomson Reuters izlanishlar markazi 550 ekspertlar  ishtirokida dunyoda ayollar uchun eng xavfli bo‘lgan 10ta mamlakat aksil reytingini tuzdi.

Jenshinu usnuvshuyu na ostanovke vernuli v semyu - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bekatda uxlagan ayol o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi

Ushbu qayg‘uli reytingda birinchi o‘rinni Hindiston egalladi. Bunga sabab - bu mamlakatda ayollar doimiy tayziq va qo‘rquv ostida yashashi, ularga nisbatan jinsiy va jismoniy tajovuzlar sodir etilishi, uy qulligi va voyaga yetmaganlarni turmushga berish kabi holatlarning ko‘plab uchrashidir.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Hindistonda oxirgi yillarda vaziyat yanada xavfliroq bo‘lib bormoqda.

Ikkinchi o‘rinda – Afg‘oniston . Ushbu mamlakatda eng katta muammo – ayollarga nisbatan jismoniy tajovuz holatlari keng tarqalgani va ayollar uchun iqtisodiy resurslar va sog‘liqni saqlash xizmatlarining cheklanganligidir.

Uchinchi o‘rinda Suriya. Bu yerda ham ayollar yetarli radajada  sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalana olmaydilar.

Jenshine v Saudovskoy Aravii vpervie vidali voditelskoe udostoverenie - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistonida ilk bor ayollarga haydovchilik guvohnomasi berildi

Somalida (4 o‘rin) – mahalliy urf-odatlarga ko‘ra, jamiyatda ayollarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishadi. Shuningdek ushbu mamlakatda ham ayollar  uchun iqtisodiy resurslar va sog‘liqni saqlash xizmatlari cheklangan.

Saudiya Arabistonida (5 o‘rin) – ushbu mamlakatda diniy va madaniy sabablar tufayli ayollar kuchli diskriminatsiya qilinadi.

Keyingi o‘rinlarda Pokiston, Kongo, Nigeriya va AQSh. AQSh ushbu ro‘yxatga kiritilishiga so‘ngii yil davomida Golivudda avj olgan mojarolar sabab bo‘ldi. MeToo jamoatchilik harakatiga ko‘ra, bir necha ayol aktrisalar ularga nisbatan amalga oshirilgan tajovuzlar haqida yoppasga e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0