Jamiyat

"Bu kunlarni 18 yil kutganman": prezident uy sovgʻa qilgan Oleg Oщepkov bilan uchrashuv

© GUVD TashkentaOleg Oщepkov, xoreograf
Oleg Oщepkov, xoreograf - Sputnik Oʻzbekiston
Karlar jamiyati aʼzolari xuddi sizu-bizdek oddiy insonlar. Huquq va mehnat faoliyati tengligi haqida koʻp gapirilsa-da, negadir jamiyat vakillari ularni "eshitmaslikka" oladiganlarga koʻp duch keladi."Biz goʻyo zulmatda yashar edik. Bu kunlar kelishini 18 yildan beri kutardim. Umidim hech qachon soʻnmagan", deydi Oleg Oщepkov

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Hayotda gʻaroyib voqealar boʻlib turadi. Oʻzbekiston karlar jamiyati aʼzosi Oleg Oщepkov ana shunday moʻʼjizani boshdan kechirgan insonlardan. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Olmazordagi Karlar jamiyatining kar-soqovlar madaniyat markaziga tashrif buyurganida, Oщepkovlar oilasiga Toshkent shahridan uy sovgʻa qilgan.

"Men 102-karlar uchun moʻljallangan maktab-internatda oʻqiganman. Eshitish qobiliyatim yaxshi emas, nogironligim bor. Lekin bir umr raqqos boʻlish orzusi bilan yashaganman. Koʻpgina xorijiy davlatlarda oʻtkazilgan tanlovlarda gʻolib boʻlganman", — deb oʻzi haqida hikoya qiladi Oshepkov. 

Oleg Oʻzbekiston Karlar jamiyati aʼzolari uchun ajratilgan obщejitiyeda 18 yildan buyon yashab kelar ekan.

"Kar-soqovlar madaniyat markazida ishlayman. Shuningdek, 102-sonli Kar-soqovlar maktabida ham. Men 56 nafar bolalardan iborat 3ta guruhga rahbarlik qilib kelaman. Yagona orzuim eshitish qobiliyati cheklangan bolalar hayotiga goʻzallik olib kirish, ularni hamisha xursand koʻrish", — deydi u.

© GUVD TashkentaOleg Oщepkov laureat mejdunarodnыx konkursov
Oleg Oщepkov laureat mejdunarodnыx konkursov - Sputnik Oʻzbekiston
Oleg Oщepkov laureat mejdunarodnыx konkursov

Suhbatdoshimning kayfiyati aʼlo. Sababi, kuni kecha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oщepkovlar oilasiga Toshkent shahridan uy sovgʻa qildi. Toshkent shahar Olmazor tumani hokimligi mutasaddilari ertaga, 1-iyul kuni qahramonimizga kvartira kalitini tantanali ravishda topshirishni rejalashtirgan.

U oʻz hayajonini yashirolmaydi. Chunki kvartira bu Olegni xursand qilgan yagona bahona emas.

Karlar jamiyati vakillari yashaydigan hudud toʻliq obodonlashtirilgan, ular istiqomat qiladigan obщejitiye ham kapital taʼmirdan chiqarilgan. Har bitta xonaga eski romlar oʻrniga plastik romlar oʻrnatib berilgan.

© GUVD TashkentaPark ryadom s obщejitiyem obщestva gluxix Uzbekistana
Park ryadom s obщejitiyem obщestva gluxix Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Park ryadom s obщejitiyem obщestva gluxix Uzbekistana

Toshkent shahar IIBB jamiyatning roʻyxatga olinmay qolib ketgan qismiga "propiska" masalasida yordam koʻrsatgan. Jamiyat aʼzolarining olti nafari Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilingan.

Oʻzbekiston karlar jamiyati vakillari hayotini yengillashtirish maqsadida ular yashaydigan hududda har biri 100ta ishchi oʻrinlariga moʻljallangan 3ta blokdan iborat tikuv korxonalari barpo etilgan va tez kunlarda ishga tushishi rejalashtirilmoqda.

© SputnikRabochiye mesta sozdannыe dlya obщestva gluxix
Rabochiye mesta sozdannыe dlya obщestva gluxix - Sputnik Oʻzbekiston
Rabochiye mesta sozdannыe dlya obщestva gluxix

Endilikda jamiyat vakillari ish soʻrab idoralarga zir qatnab sarson boʻlmaydi.

Suhbat davomida Oleg qoʻlini koʻksiga qoʻyib, Oʻzbekiston prezidentiga tinmay minnatdorlik bildiradi.

"Hammasi oʻzgardi. Hayot yaxshilandi. Mana shu oʻzgarishlar roʻy berishini 18 yildan beri kutib yashaganman. Hech qachon umidni yoʻqotmaganman ", deydi u. Olegning koʻzlarida cheksiz quvonch aks etadi.

Ha, hayotda baʼzan moʻʼjizalar boʻlib turadi. Oʻzbekiston karlar jamiyati aʼzolariga ozgina boʻlsa-da xursandchilik ulashish maqsadida, shu yerning oʻzida oʻrganib, imo-ishoralar tilida "Rahmat sizlarga, umidni yoʻqotmaganingiz uchun" deyman. Ularning chehralari yorishib ketadi.

Xayrlashuv chogʻida shunday soʻzlarni aytishadi: "Biz kecha prezidentimizni obщejitiyeda ham kutgan edik. U kishiga hayotimizga yorugʻlik olib kirganlari uchun shaxsan rahmat aytmoqchi edik… Iltimos, prezidentimizga cheksiz minnatdorligimizni yetkazib qoʻying".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala