O‘zbekiston Oliy Sudiga yangi sudyalar saylandi

© Sputnik / Andrey Starostin / Mediabankka o‘tishSudebniy molotok, arxivnoe foto
Sudebniy molotok, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy Majlisi Senati Oliy Sudga sudyalar saylash haqidagi qarorni qabul qildi.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oliy Sudga sudyalar saylash haqidagi qarorni qabul qildi, Hukumat portali xabariga asosan. 

"Davlat Xakimovich Bobonorov o‘n yil muddatga, Zafarjon Xasanovich Fayziyev o‘n yil muddatga, Iroda Abdukarimovna Boltaxodjayevna o‘n yil muddatga, Nodirjon Tursunboltayevich Rajabov o‘n yil muddatga, Firuz Tolibovich Tursunov o‘n yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylansin", — deyilgan qaror matnida.

Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz 2017-yilning 27-may kuni Oliy Majlis Senati Kozimjon Kamilovni O‘zbekiston Oliy Sudi raisi lavozimiga Xolmumin Yodgorov, Bahodir Dehqonov va Baxtiyor Isoqovlarni  Oliy Sud raisi o‘rinbosari lavozimlariga saylagan edi.

Yangiliklar lentasi
0