Jamiyat

Oʻzbekistonda yil boshidan buyon ilk bor deflyatsiya kuzatildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishProduktovaya korzina
Produktovaya korzina - Sputnik Oʻzbekiston
2018 yilning iyun oyida Oʻzbekistonda deflyatsiya miqdori 0,4 %ni tashkil qildi.

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Davlat Statistika qoʻmitasi xabariga koʻra, 2018 yilning iyun oyida Oʻzbekistonda  yil boshidan buyon ilk bor umumiy narxlar pasayishi kuzatildi. Deflyatsiya miqdori 0,4 %ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston isteʼmol savatiga qanday oziq-ovqat mahsulotlar kiradi - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Oʻzbekistonliklar isteʼmol savatiga qanday oziq-ovqat mahsulotlari kiradi

Satistik maʼlumotlarga koʻra, asosiy steʼmol tovarlari narxlari oʻrtacha hisobda  0,6 %ga kamaygan. Shu bilan bir vaqtda, asosiy xizmatlar narxlari esa 0,3 %ga oshgan.

Hisobotda aytilishiga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi tushishda birinchi oʻrinni meva-sabzavotlar egallagan, narxlar 29 — 39 %ga tushgan. Shuningdek tuxum va yogʻ-moylar narxi ham tushgan. Goʻsht, non mahsulotlari hamda dukkakli mahsulotlar narxi oshgan. Alkogolli ichimliklar narxi oʻrtacha 0,4 — 1,3% ga oshgan. Alkogolsiz ichimliklar narxi 0,9 %ga oshgan.

Shuningdek, iyun oyida shahar transportida narxlar oʻrtacha 6 %ga, yoʻnalishli taksi va temiryoʻl transportida narxlar 0,3 — 1,5 %ga oshishi kuzatilgan. Havo transportida esa narxlar 4%ga tushishi kuzatilgan.

Hisobot bilan batafsil quyida tanishiningiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala