TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Olimlar bir necha yillik tahlildan soʻng saraton kasalini keltirib chiqaruvchi asosiy ikki mahsulotni aniqlashdi, deb xabar qilmoqda Which nashri.
Olimlar fikriga koʻra, oshqozon va ichalarda saraton kasalining payo boʻlishiga birinchi navbatda qayta ishlangan qizil goʻsht isteʼmol qilish ekan. Aniqrogʻi, goʻshtning oʻzi emas, uni uzoqroq saqlab turish uchun ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoʻshiladigan nitrat va nitrit kimyoviy moddalar saraton kelib chiqishiga sabachi ekan.
"Kuniga 50 gramm bekon isteʼmol qilish saraton kasali paydo boʻlishi ehtimolini 18%ga oshiradi", — deyilgan xabarda.
Rak kasalini keltirib chiqaruvchi oziq-ovqatlar orasida ikkinchi oʻrinda — shakar turar ekan. Bu borada aniq dalil isbotlar topilmagan boʻlsada, bugungi kunda shakar juda koʻp mahsulotlar tarkibiga qoʻshilishi va buning oqibatida odamlarda ortiqcha vazn paydo boʻlishi — isbotlangan. Maʼlumki, ortiqcha vazn — rak kasali paydo boʻlish ehtimolini bir necha barobar oshiradi.
Shu oʻrinda olimlar organizmda kantsirogen moddalar oshishi va rak kasali paydo boʻlishini oldini olish maqsadia koʻk choy, kurkuma, anor, baliq, chernika va koʻproq meva-sabzavotlar isteʼmol qilishni maslahat berishmoqda.