Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlarini tabrikladi

© Pres-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlarini Respublikada ilk bor nishonlanayotgan Yoshlar kuni bilan tabrikladi.

TOShKENT, 30-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlarini Respublikada ilk bor nishonlanayotgan Yoshlar kuni bilan tabrikladi.

“Qadrli yoshlar, aziz o‘g‘il-qizlarim!

Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni mamlakatimizda birinchi marta nishonlanayotgan qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman”, — deyilgan tabrik so‘zining boshlanishida.

Kaxramon Kuranbayev - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar yetakchisi faqat yutuqlar emas, muammolar ham borligini tan oldi

Prezident tabrik so‘zida yoshlarning demokratik O‘zbekiston davlatini barpo etishdagi munosib ishtirokini minnatdorlik bilan e’tirof etgan holda davlat tomonidan ham yoshlarning orzu-intilishlari hamda qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

Xususan, o‘tgan bir yil davomida O‘zbekistonda mutlaq yangi tuzilma – Yoshlar ittifoqi ta’sisi etilgani, hamda yoshlar hayotiga bevosita taalluqli bo‘lgan 20 dan ziyod qonun, farmon va qarorlar qabul qilingani aytib o‘tilgan.

Ikkinchidan, o‘tgan yil davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan 4 ming 300 ga yaqin yigit-qizlarga 216 milliard so‘m imtiyozli kreditlar berilgani, 184 ming 300 dan ziyod yoshlar ish bilan ta’minlangani qayd etilgan.

Uchinchidan markaziy va mahalliy hukumat rahbarlarning yoshlar bilan muloqotlar olib borishi ijobiy an’anaga aylanib borayotgani hamda ko‘plab yoshlar vazirlik va idoralar, yirik kompaniya va banklar, xo‘jalik birlashmalariga mas’ul lavozimlarga tayinlanayotgani ham ta’kidlangan.

Prezident o‘z tabrik so‘zida xorijda yashayotgan yoshlarni ham esga olib o‘tgan.

“Biz – barchamiz, qayerda bo‘lmaylik, yagona O‘zbekiston farzandlari ekanimizni anglab, shu buyuk tuyg‘uni e’zozlab yashasak, albatta kam bo‘lmaymiz <…>  

Xorijiy davlatlarda o‘qib, mehnat qilayotgan barcha yurtdoshlarimiz, birinchi navbatda yoshlarimizning bilimi va imkoniyatlarini Vatanimiz ravnaqi yo‘lida birlashtirish biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga to‘la javob beradi”, — deyilgan prezident tabrik so‘zida.

Prezident tabrik so‘zining so‘nggida davlat  tomonidan yoshlar ravnaqi uchun amalga oshirilayotgan siyosat hech ikkilanmasdan davom etishi hamda yoshlar ham bunga javoban o‘z ota-onalari kutayotgan orzu-umidlarini amalga oshirishda davom etishlari kerakligi aytib o‘tilgan.

“Siz, jondan aziz o‘g‘il-qizlarimizdan faqat bitta iltimosimiz, bitta tilagimiz bor: ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz, xalqimizning sizlardan kutayotgan orzu-umidlarini amaliy ishlar bilan ro‘yobga chiqarish yo‘lida hormang, charchamang! <…>

Hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz farzandlarim!”, — deyilgan prezident tabrik so‘zining so‘ngida.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yoshlar kuni munosabati bilan e’lon qilingan tabrik so‘zining to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0