Jamiyat

Tojikistonda xorijlik kuyovlardan 50 ming $ qalin puli olish taklif qilindi

© SputnikPrazdnovaniye Navruza v Dushanbe
Prazdnovaniye Navruza v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikistonda mahalliy qizlarga uylanmoqchi boʻlgan xorijiy fuqarolardan 50 ming $ qalin puli olish taklif qilindi.

TOSHKENT. 30 iyun — Sputnik. Tojikistonlik shoira Adibai Aziz mahalliy qizlarga uylanmoqchi boʻlgan xorijiy fuqarolardan qalin puli olish haqida qonun qabul qilishni taklif qildi, deb yozmoqda Sputnik Tojikiston.

Shoira fikriga koʻra, qalin pulining yarmisi kelinning shaxsiy hisob raqamiga tushishi kerak. Ikkinchi yarmisi esa teng besh boʻlakka boʻlinib: qizning otasi, onasi, davlat byudjeti, yetim bolalar fondi va invalidlar xayriya fondlariga yuborilishi kerak.

Facebookda chop etilgan shoiraning ushbu gʻoyasi katta shov-shov va tortishuvlarga sabab boʻldi. Muhokamada ishtirok etayotganlar asosan ikki guruhga boʻlishindi: birinchi guruhdagilar ushbu gʻoya insoniylik tushunchalaridan uzoqligi va tojik qizlariningg erkinligini cheklashi hamda ularni tovarga aylantirishi mumkinligini aytishmoqda.

Toʻy libosi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tojikistonda qarindoshlar oʻrtasida nikoh taʼqiqlandi

Ikkinchi guruh vakillari fikriga koʻra – ushbu chora tojik qizlariga uylanishni istayotgan xorijliklar soni tobora koʻpayib borayotgan vaqtda milliy genofondini himoya qilishga xizmat qiladi.

Shoira fikriga koʻra, qalin puli xorijliklar oldida tojik qizlarining obroʻsini oshiradi va oilada munosabatlar yomonlashganda tojik qizlarining huquqlarini poymol qilishga yoʻl qoʻymaydi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Tojikistonda xorijliy kuyovlar chun qalin puli toʻlash majburiyati yoʻq boʻlsada bir qator shartlar bor. Masalan boʻlajak kuyov uylanishdan oldin Tojikistonda kamida bir yil yashashi kerak, ikkinchidan kuyov kelin va bolalarning kelajagini taʼminlash majburiyati belgilangan nikoh shartnomasi imzolashi kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala