Iqtisod

Bugun Oʻzbekiston milliy valyutasi muomalaga kiritilgan kun

© SputnikKupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum - Sputnik Oʻzbekiston
Bundan 24 yil oldin, 1994 yilning 1 iyulida Oʻzbekistonda "soʻm-kupon" oʻrniga milliy valyuta "Soʻm" muomalaga kiritilgan edi.

TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. Bugun 1 iyul — Oʻzbekiston milliy valyutasi muomalaga kiritilgan kun. Bundan  24 yil oldin, 1994 yilning 1 iyulida Oʻzbekiston prezidentining farmoniga binoan oʻsha vaqtda muomalada boʻlgan "soʻm-kupon" oʻrniga milliy valyuta "Soʻm" muomalaga kiritilgan edi. Bir vaqtning oʻzida "soʻm-kupon" denominatsiya qilinib 1000 soʻm kuponga — 1 soʻm qiymatida almashtirilgan edi.

Birinchi chiqarishda Oʻzbekiston Markaziy banki 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 "Soʻm" boʻlgan bank qogʻoz pullari (banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50 "Tiyin" boʻlgan metall tangalar holida naqd pul muomalasiga chiqarilgan edi.

© Pravovaya informatsiyaOʻzbekiston soʻmi, dastlabki emissiya
Uzbekskiy sum, pervonachalnaya emissiya - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston soʻmi, dastlabki emissiya

Keyinchalik esa 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 va 50000 ming soʻmlik kupyuralar muomalaga chiqarildi.

Huquqiy axborot telegram kanali xabariga asosan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala