Rossiya ilk bor JChning chorak finaliga chiqdi!

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishFutbol. ChM-2018. Match Ispaniya - Rossiya
Futbol. ChM-2018. Match Ispaniya - Rossiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va Ispaniya terma jamoalari orasida bo‘lib o‘tgan o‘yin asosiy vaqtda 1:1 hisob bilan yakunlandi. Endi o‘yin taqdiri qo‘shimcha vaqtda hal bo‘ladi.

TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Jahon Chempionatining 1/8 finalida Rossiya va Ispaniya terma jamoalari orasida bo‘lib o‘tgan o‘yin asosiy vaqtda 1:1 hisob bilan yakunlandi. 

O‘yin davomida Ispaniya jamoasi biroz ustunlik qilishga qaramasdan (74% — 26%)  Rossiya to‘g‘ri himoya strategiyasiyadan foydalanishi natijasida Ispaniya jamoasi uchun gol uish imkoniyati juda kam bo‘ldi. Jamoaning eng kuchli forvardi Diyego Kosta biror marta ham darvozaga zarba yo‘llashga imkon berimadi.

Ikkala gol ham birinichi taymda urildi. Birinchi to‘p jarima maydonchasida yiqilib tushgan Ignashevichning oyog‘iga tegib Rossiya darvozasini ishg‘ol qildi.

Ikkinchi golni esa Dzuba 11 metrli jarima to‘pi orqali urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayni damda hakamlar qo‘shimcha vaqt berilishi haqida e’lon qilishgan. O‘yin taqdiri yaqin 30 daqiqa ichida hal bo‘lishi kerak.

22 daqiqa davom etgan qo‘shimcha vaqt davomida ham hisob o‘zgarmadi. Endi  jamoalar taqdirini so‘nggi imkoniyat — penaltilar seriyasi hal qiladi. 

Moskvada ayni shu damda kuchli yomg‘ir boshlandi. 

Penaltilar seriyasi 3:4 hisobda Rossiya g‘alabasi bilan tugadi. Rossiya o‘z tarixida birinchi bor Jahon chempionatining chorak finaliga chiqdi. Yana kimsan Ispaniya ustiadan g‘alaba qozonib! 

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishFutbol. ChM-2018. Match Ispaniya - Rossiya
Futbol. ChM-2018. Match Ispaniya - Rossiya - Sputnik O‘zbekiston
Futbol. ChM-2018. Match Ispaniya - Rossiya

Yangiliklar lentasi
0