Dunyoda

"Mir" toʻlov kartalari Oʻzbekiston hududida ham ishga tushishi mumkin

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishPrezentatsiya platejnoy kartы "Mir"
Prezentatsiya platejnoy kartы Mir - Sputnik Oʻzbekiston
2014 yilda sanktsiyalar tufayli Visa va Mastercard Rossyaning ayrim banklarini oʻz toʻlov tizimlaridan uzib tashlashgan edi. Oʻtgan davr mobaynida Rossiya oʻzining mustaqil toʻlov tizimini ishga tushirdi.

TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik.  Rossiyada 1 iyuldan barcha byudjet oylik toʻlovlari "Mir" bank kartasiga oʻtkaziladi. Xalqaro Visa va MasterCard tizimiga toʻlovlar toʻxtatiladi, RIA Novosti xabariga asosan. 

Yangi kartalar tizimiga oʻtish aholi uchun katta qiyinchiliklar tugʻdirmasligi kerak, chunki Rossiya toʻrt yildan beri oʻz Milliy toʻlov tizimini bosqichma-bosqich qurib kelmoqda.

Bankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA i MasterCard - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Visa toʻlov tizimi Oʻzbekistonda faollashadi

Maʼlumki 2014  yildagi siyosiy krizis va sankitsyalar natijasida bosh ofisi AQShda joylashgan Visa va Mastercard toʻlov tizimlari Rossiyaga nisbatan ayrim cheklovlar kirita boshladi. Xususan ular Rossyaning ayrim banklarini oʻz tizimlaridan uzib tashlashgan edi.

Shundan soʻng Rossiya 2014 yilning 23 iyulida xorijiy toʻlov tizimlariga mutlaq bogʻlanmagan “Mir” toʻlov tizimini qurishni boshlagan edi. Oʻtgan davr mobaynida byudjetdan maosh oladigan barcha ishchilar, yaʼni Duma deputatlaridan boshlab, oʻqituvchilar, shifokorlar, kattayu-kichik mansabdorlarning barchasiga “mir” kartalari berildi. Bugungi kunda byudjet tizimining 95 % ishchilariga ushbu karta bilan taʼminlangan.

Rossiyaning Milliy toʻlov kartalari sistemasi 2020 yilga qadar 70 million kishini qamrab olishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Bugungi kunda 37 million kishi “Mir” kartalari bilan taʼminlangan.  Ushbu kartalar Rossiyaning 150 ta banki tomonidan berish yoʻlga qoʻyilgan.

VISA va MasterCard xalqaro toʻlov tizimi bank kartalari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Naqd va plastik karta orqali hisob-kitoblar oʻrtasidagi farqlar bartaraf etiladi

Davlat ishchilari uchun yangi toʻlov tizimiga oʻtish juda oson: ulari ariza yozadi va 10 kunda kartani qoʻllariga oladi. Rossiyada yashayotgan 43,6 million nafaqaxoʻlar esa “mir” kartasi olishga majbur emas. Ular 2020 yilning iyul oyiga qadar oʻz xoxishiga qarab yangi toʻlov tizimiga oʻtishlari mumkin.

Bugungi kunda “Mir” kartalari egalari ulardan foydalanishda hech qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani yoʻq. Ushbu kartalarda naqd pul istalgan bankomatda yechib olish mumkin, xarid uchun toʻlovlar esa, boshqa bank kartalari qabul qilinayotgan barcha terminallarda qabul qilinadi.

Ayni damda Rossiya YEOII aʼzo mamlakatlari hududlarida ham ushbu kartalarni qabul qilish imkoniyati boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Armanistonda esa “Mir” kartalari allaqachon qabul qilinmoqda.

Visa, Mastercard kabi dunyoning yirik toʻlov tizimlari esa, “Mir” kartalari bilan raqobat qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

“Bozor hajmi yiliga 20%ga oshib bormoqda, ikkinchidan hozircha barcha xaridlarning faqat 35% plastik kartalar orqali amalga oshirilmoqda. Bu barcha uchun hali imkoniyatlar keng degani. Sogʻlom raqobat esa — mijoz foydasi”, — deb javob berdi Visaning  Rossiyadagi direktori Yekaterina Petelina.

MasterCard rahbari Aleksey Malinovskiy, bozorda 20 yildan beri ishlayotganlarini va ular oʻz mijozlari uchun juda yaxshi taklaflarga ega ekanliklarini xabar qildi.

UnionPay - Xitoy toʻlov tizimi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
UnionPay xalqaro toʻlov tizimi Uzcard tizimiga ulandi

“Mir” kartasi vakillari esa erishilgan natijalarda toʻxtamasdan, mijozlar uchun yanada qiziqarliroq xizmatlar taklif qilish niyatida. Xususan, Milliy toʻlov tizimi rahbari Vladimir Komlev aytishiga qarganda, ular “Mir” asosida Rossiyaning barcha yirik shaharlarida yoʻlovchi transportida foydalansa boʻladigan universal proyezdnoy ishlab chiqishmoqchi.  Undan tashqari kontaktsiz toʻlovlar va keshbek tizimlarini ham yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. 2020 yildan keyin “Mir” toʻlov tizimi muvaffaqiyatli boʻlishiga Komelevning ishonchi komil.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkin-ki, toʻrt yil davomida Rossiya oʻz hududida stabil ishlaydigan toʻlov tizimini tashkil qila oldi. Bugungi kunda “Mir” kartalari Rossiyaning barcha savdo nuqtalarida qabul qilinadi. Xorijiy mamlakatlarda foydalanish uchun Maestro, JCB yoki Unionpay toʻlov tizimlaridan biri orqali kobeydjing karta ochish kerak boʻladi.

"Mir" toʻlov kartalari yaqin vaqt ichida Oʻzbekistonda ham ishga tushishi mumkin. Uzcard-Mir kobeyjing kartalari ishga tushirilishi mumkinligi haqida Oʻzbekiston Yagona protsessing markazi direktori Axror Maxmudov Spot.uz nashiga  xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala