Bosh vazir o‘rinbosari Qo‘chqorov: soliq tizimidagi eng yomon illatlar yo‘q qilindi

Obuna bo‘lish
Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston yangi soliq konsepsiyasining tarixiy ahamiyati haqida fikrlarini bildirdi.

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Bugun, 2-iyul kuni Toshkentda Xalqaro press klubda "O‘zbekiston Respublikasi yangi soliq konsepsiyasi" mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi sessiyada qatnashgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyada viloyat hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni "O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida" farmonni imzoladi.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston yangi soliq konsepsiyasining tarixiy ahamiyati haqida fikr bildirdi.

"O‘zbekistonda soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risidagi farmon — tarixiy ahamiyatga ega. Nima uchun tarixiy ahamiyatga ega? Avvalombor, bu mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi bir davrni boshlab beradigan farmon. Buning sababi shundaki, bugungi kungacha, bugun ham O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan soliq tizimi o‘z ichida, asosan, sovet tizimi elementlarini olib kelgan. Sovet tizimi elementlari nimalar deb so‘raydigan bo‘lsak, bu — soliq tizimidagi maxsus rejimlar, ya’ni soliqqa tortish hamma uchun barobar emasligi, shu bilan birga bozor iqtisodiyotining bazaviy tamoyillari inkor qilinishi va bir qator boshqa sabablar bilan izohlanadi. Prezident tomonidan 29-iyunda imzolangan farmon shak-shubhasiz tarixiydir",- deydi Qo‘chqorov.

Shuningdek, Moliya vaziri yangi soliq konsepsiyasiga asosan 2019-yildan kiritiladigan o‘zgarishlarga ham alohida urg‘u berib o‘tdi.

"Birinchidan, prezidentimiz tomonidan imzo chekilgan farmonda bizda amaldagi soliq tizimining eng yomon illatlari yo‘q bo‘ldi. Bu illatlar nima? Birinchi navbatda korxonalarning tovar aylanmasidan — oborotdan olinadigan majburiy to‘lov, ya’ni davlat maqsadli jamg‘armalariga bugungi kunda 3,2 foiz miqdorda soliq to‘lanadi. Buning nimasi yomon — kichkinagina 3,2 foizdek ko‘rinishi mumkin. Buning yomon tomoni shundaki — soliq aylanmadan olinadi. Demak, men korxona egasi bo‘lsam, foyda ko‘raman yoki ko‘rmayman, men baribir oborotdan 3,2 foiz soliq to‘lashim kerak. Demak, oborot soliqlardan voz kechildi", — deb ta’kiladi Qo‘chqorov.

Yangiliklar lentasi
0