DTM abituriyentlar uchun yana bir qulaylik joriy etdi

© Sputnik / Pavel LisisinAbituriyent
Abituriyent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda oliy ta’lim muassasalariga bormasdan qaysi oliy ta’lim muassasasiga va qaysi ta’lim yo‘nalishiga qancha ariza topshirilganligi haqidagi ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish mumkin

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Davlat test markazi abituriyentlarning qiziqishlari, talab va ehtiyojlarini hisobga olib, oliy ta’lim muassasalarida qabul qilingan hujjatlar (arizalar) to‘g‘risida ma’lumotlarni bilib olishni yo‘lga qo‘ydi.

Endilikda oliy ta’lim muassasalariga bormasdan qaysi oliy ta’lim muassasasiga va qaysi ta’lim yo‘nalishiga qancha ariza topshirilganligi haqidagi ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish mumkin.

Buning uchun dtm.uz saytining bosh sahifasidan "Abituriyent — 2018" bo‘limiga kirib yoki ushbu matn oxirida keltirilgan havola tugmasini bosish orqali hududni va ro‘yxatdan oliy ta’lim muassasasini tanlangan.

Bunda qiziquvchilarga izga oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishlari kesimida qabul rejasi hamda qabul qilingan arizalar soni to‘g‘risida ma’lumotlar (jadval) taqdim etadi.

Yangiliklar lentasi
0