Domla Omonulla Madayev: "Poraxo‘r o‘qituvchi va shifokorlarni aslo kechirmayman!"

© YoshlarOmonulla Madayev
Omonulla Madayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shaxsan mani o‘zim poraxo‘rlik qilgan domlani, kasalning o‘layotganini bila turib, operatsiya uchun pul olgan shifokorni kechira olmayman - deydi Omonulla Madayev.

TOShKENT, 3-iyul - Sputnik. Testning chalkash savollari va bunkerlar haqida o‘zining keskin fikrlari bilan mashhur bo‘lgan domla Omonulla Madayev Yoshlar telekanalida poraxo‘r o‘qituvchi va shifokorlar haqida fikr bildirdi.

“Poraxo‘rlik qilgan o‘qituvchini men domla sifatida kechira olmayman. Uning qilgan bemaza ishi meni ham butun xalqning orasida meni ham o‘shalar orasiga qo‘shib qo‘ydi. Menga ham zarar beradi”, - dedi Omonulla Madayev.

Shuningdek, shifokorlar haqida gap ketganda ham domlaning bojasi bilan bo‘lgan voqeani aytib berdi.    

“Komada yotgan odamga qaraydigan shifokorlar chiqib oilasiga aytibdiki – yumshoq pishirilgan go‘sht, yumshoq pishirilgan kartoshka olib keling, ko‘ngillari tusayapti, depti. Ularni kechirib bo‘ladimi ?”,- deydi domla.

 

Yangiliklar lentasi
0