Toshkentda Puchon universiteti tashkil etildi

Obuna bo‘lish
Universitetda kadrlar, birinchi navbatda, maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarga, shuningdek, arxitektura va dizayn sohasida hamda talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlarida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda tayyorlanadi.

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Qaror matni Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram-kanalida berilgan.

Ulugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq Xalq ta’limi vaziri universitet rektori etib tayinlandi

Universitetda kadrlar, birinchi navbatda, maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarga, shuningdek, arxitektura va dizayn sohasida hamda talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlarida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda tayyorlanadi.

Universitetda ta’lim olish o‘zbek, rus va ingliz tillarida, kunduzgi, sirtqi va kechki shakllarda, to‘lov-kontrakt asosida, shu jumladan, potensial ish beruvchilar — yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan ta’lim grantlari bo‘yicha, shuningdek, asosan mamlakat mintaqalari yoshlarining ta’lim olishi uchun ajratiladigan homiylik xayriyalari hisobiga amalga oshiriladi.

Universitetga qabul 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab maktabgacha ta’lim, koreys tili, shuningdek, arxitektura va dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega shaxslar o‘rtasida kirish imtihonlari o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Kirish imtihonlarini o‘tkazish shakli, tartibi va muddati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Puchon universiteti (Janubiy Koreya) tomonidan belgilanadi.

Universitet bitiruvchilariga qo‘shimcha yuridik tartib-taomillarsiz O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Puchon universitetining (Janubiy Koreya) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, 2-berk ko‘cha, 38a-uy manzilida joylashgan Chilonzor pedagogika kollejining bino va inshootlari operativ boshqarish huquqi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga beriladi, keyinchalik bepul foydalanish uchun universitetga o‘tkaziladi.

Chilonzor pedagogika kollejining o‘quvchilari o‘qishni tamomlagunlariga qadar universitetga berilgan binolarda o‘qishni davom ettiradi.

Mazkur qaror ijrosi uchun nazorat O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidovlar zimmasiga yuklatildi.

Yangiliklar lentasi
0