Jomboylik yosh futbolchilar “Real Madrid” sport maktabiga taklif qilindi

© uza.uzIvan Kostrikin s uchenikami
Ivan Kostrikin s uchenikami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jomboylik aka-uka futbolchilar “Real Madrid” klubi qoshidagi xalqaro sport maktabiga taklif qilindi.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. Jomboylik aka-uka futbolchilar “Real Madrid” klubi qoshidagi xalqaro sport maktabiga taklif qilindi, deb yozmoqda UzA.

Jomboy tumanidagi O‘rtabo‘z mahallasida istiqomat qiluvchi Shuhratjon va Shohjahon Mamatovlar bir necha yillardan beri tumandagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida futbol bilan shug‘ullanishadi. 

Aka-ukalar mehnat faxriysi Ivan Kostrikin tashkil etgan tuman yoshlar futbol jamoasi tarkibida sport sirlarini o‘rganishmoqda. Jamoa yaqinda Bolgariyada o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

"Quvonarlisi, xalqaro musobaqada ishtirok etgan “Real Madrid” futbol klubi mutaxassislari jamoamizga alohida e’tibor qaratishdi. Ayniqsa, Shuhratjon va Shohjahonning o‘ziga xos o‘yin uslubi e’tirof etildi. Musobaqa yakunida bu ikki yosh sportchilarimiz “Real Madrid” futbol klubi qoshidagi xalqaro sport maktabida o‘qishga taklif qilindi. Ayni kunlarda ularning safar hujjatlari tayyorlanmoqda", – deydi murabbiy I.Kostrikin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oxirgi yillarda bolalar va o‘smirlar orasida futbolni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Respublikaning turli burchaklarida yetakchi xorijiy mutaxsislar bilan hamkorlikda futbol maktablari ochilmoqda. Shuningdek, Odil Axmedov  kabi taniqli o‘zbek futbolchilari ham o‘z futbol maktablarini tashkil qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0