Nazarbayev kelajakka intilgan prezident - Shavkat Mirziyoyev

© Ofitsialniy sayt prezidenta Respubliki KazaxstanPrezidenti Uzbekistana i Kazaxstana - Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev
Prezidenti Uzbekistana i Kazaxstana - Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Nursultan Nazarbayevning tug‘ilgan kuni arafasida uning eng yaxshi xususiyatlarini sanab o‘tdi.

TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Nursultan Nazarbayevni kelayotgan tug‘ilgan kuni bilan tabriklab uning eng yaxshi xususiyatlarini sanab o‘tdi, deb xabar qilmolqda Sputnik Qozog‘iston.

O‘zbekiston prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonning bugungi kundagi barcha yutuqlari Nazarbayev nomi bilan bog‘liq.

“U judayam kelajakka intilgan kishi. U kishi butun hayoti davomida islohotlar amalga oshirib kelmoqda. Buni Qozog‘iston mustaqillik yillarida nimalarga erishganidan ko‘rish mumkin. Eng asosiysi – tinchlik va xotirjamlik. Islohotlar amalga oshirilmoqda va bugun butun dunyo Qozog‘istoning yutuqlarini ko‘rib turibdi.

Men uchun u kishi bilan ishlash juda qulay va har bir uchrashuvda men u kishidan nimanidir o‘rganaman”, - dedi Shavkat Mirziyoyev o‘zining video murojaatnomasida.

Eslatib o‘tamiz, 6-iyul - Qozog‘iston prezidenti Nursultan Nazarbayevning tug‘ilgan kuni. Ushbu munosabat bilan bir necha mamlakatlar rahbarlari o‘z tabriklarini yo‘llamoqda. Jumladan Xitoy rahbari Si Szinpin, Tojikiston prezidenti Emomali Raxmon, Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulga va boshqalar.

Yangiliklar lentasi
0