Jamiyat

Toshkentda uzluksiz patrullik xizmati oʻz ishini boshladi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik Oʻzbekiston
“Xavfsiz poytaxt” kontseptsiyasi birinchi galda shahar aholisi va mehmonlari xavfsizligini taʼminlash, hududdagi huquqbuzarliklarni kamaytirish va ularning oldini olishga qaratilgani bilan eʼtiborli.

TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Joriy yil 1 iyulidan Toshkent shahrida "Xavfsiz poytaxt" kontseptsiyasi tajriba tariqasida amaliyotga joriy etila boshlandi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Drujinniki nachali patrulirovat ulitsы Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Toshkent mahallarini "Fidoiy yoshlar" patrul guruhlari qoʻriqlaydi

"Xavfsiz poytaxt" kontseptsiyasi birinchi galda shahar aholisi va mehmonlari xavfsizligini taʼminlash, hududdagi huquqbuzarliklarni kamaytirish va ularning oldini olishga qaratilgani bilan eʼtiborli.

Shu munosabat oʻtkazilgan xizmat yoʻriqnomasi tadbirida Toshkent shahar IIBB boshligʻi general-mayor R. Joʻrayev patrullik uchun safarbar etilgan xodimlarga omad tiladi.

Tadbir doirasida Toshkent shahar IIBB, Milliy gvardiya, shuningdek, "Mahalla posboni" jamoatchilik vakillari va "Fidokor yoshlar" guruhi aʼzolaridan bir guruhiga tantanali ravishda qoʻl soatlari, faxriy yorliq, qimmatbaho sovgʻalar va pul mukofotlari topshirildi.

Qator xodimlarga navbatdagi unvonlar berilgani haqidagi buyruq oʻqib eshittirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala