Ravshan Ermatov Jahon Chempionatini tark etadi

© Sputnik / Mixail SerbinRavshan Irmatov na matche ChM-2018 Argentina - Xorvatiya
Ravshan Irmatov na matche  ChM-2018 Argentina - Xorvatiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FIFA Jahon Chempionatining qolgan uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. FIFA Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon Chempionatining qolgan uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi, deb yozadi "Sports.ru" nashri.

Ravshan Irmatov uspokaivayet futbolistov sbornix Xorvatii i Argentini v matche ChM-2018 - Sputnik O‘zbekiston
Ravshan Ermatov Argentina-Xorvatiya bahsida bironta xato qilmadi
Ushbu ro‘yxatdan o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov va rossiyalik hakam Sergey Karasev o‘rin olmagan.

Turnirni davom ettiradigan hakamlar quyidagilar: Alirizo Fag‘oniy (Eran), Navof Abdulla Shukralla (Bahrayn), Malang Dediu (Senegal), Jenni Sikazve (Zambiya), Mark Geyger (AQSh), Jeyr Marrufo (AQSh), Sesar Arturo Ramos (Meksika), Andres Kunya (Urugvay), Nestor Pitana (Argentina), Sandro Richchi (Braziliya), Mettyu Kondjer (Yangi Zelandiya), Junayt Chaqir (Turkiya), Born Kuypers (Niderlandiya), Antonio Migel Mateu Laos (Ispaniya), Milorad Majich (Serbiya), Janluka Rokki (Italiya), Damir Skomina (Sloveniya).

Ravshan Ermatov Rossiyadagi mundialda ikkita o‘yinni boshqardi. U Argentina — Xorvatiya (0:3) va Ispaniya — Marokash (2:2) o‘yinlarida bosh hakam sifatida ishladi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik hakam Jahon Chempionatlaridagi boshqargan o‘yinlari soni 11 taga yetkazdi va bu borada mutlaq rekordchiga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0