Davlat test markazi telegrammda tarqalayotgan soxta xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishMessendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom
Messendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat test markazi vakili so‘zlariga ko‘ra, telegramm tarmog‘ida DTM nomidan turli xabarlarni tarqatayotgan botlar soni ko‘payib ketgan. Ayni vaqtda qonunbuzarlarni sudga berish choralari ko‘rilmoqda

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. 2018-2019 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari joriy yil avgust oyida o‘tkaziladi. Iyul oyida oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari topshirilmaydi, dedi Sputnik muxbiriga DTM xodimi.

DTM vakilining so‘zlariga ko‘ra, telegramm tarmog‘ida DTM nomidan turli xabarlarni tarqatayotgan botlar soni ko‘payib ketgan. Ayni vaqtda qonunbuzarlarni sudga berish choralari ko‘rilmoqda.

"Misol uchun qaysidir oliygohda imtihon olish ishlari iyul oyida o‘tkazilishi haqida xabar tarqatib, xabar tagiga DMT telefon raqamini yozib qo‘yish holatlari kuzatilmoqda. Biz bunday soxta xabarlarni tarqatayotganlarni sudga berdik", — dedi suhbatdosh.

Shuningdek, oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari 1-avgust sanasidan 15-avgust sanasiga qadar o‘tkazilishini ma’lum qildi.

DTMlar esa 29-30 iyul sanalarida tarqatilishi aytib o‘tildi.

Yangiliklar lentasi
0