Penza viloyatida avtobusi buzilib qolgan o‘zbekistonliklarga FVV yordam berdi

© Sputnik / Anton KurilkinAvtomobili na trasse
Avtomobili na trasse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buzilib qolgan avtobus yo‘lovchilari, Rossiya FVVsi yordami bilan, O‘zbekiston tomon safarlarini davom ettirishmoqda.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Penza shahri yaqinida, avtobusi buzilib qolgan o‘zbekistonliklarga Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi yordam berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston elchixonasi.

Mejdugorodnie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlarini tashish uchun yuz dona avtobus sotib olinadi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 70 kishini olib ketayotgan yo‘lovchi avtobus uzatmalar qutisi buzilishi tufayli Nijnelomovsk va Makshansk tumanlari chegarasida buzilib qolgan. Voqea joyiga yetib kelgan mahaliiy FVV xodimlari avtobusni tuzatishga yordam berishgan.

Undan tashqari, yo‘lovchilarga issiq ovqat, mehmonxonadan joy va tibbiy yordam taklif qilingan, lekin ular ushbu xizmatlardan voz kechishgan. Avtobus 4-iyul kuni soat 13:30 da O‘zbekiston tomon yo‘l olgan.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin bir qator mahalliy OAVlarida 100ga  yaqin o‘zbekiston fuqarolari avtobus buzilishi natijasida Moskvada 600 km uzoqlikda yo‘lda qolib ketishgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Bu haqida yo‘lovchilarning o‘zlari yordam so‘rab ijtimoiy tarmoqqa videomurojaatnoma joylashtirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0