Shavkat Mirziyoyev Ostonaning 20-yillik yubileyida ishtirok etadi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Astana
Goroda mira. Astana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Shavkat Mirziyoyev Nursultan Nazarbayevning taklifiga binoan Ostonaga jo‘nab ketadi.

TOShKENT, 6-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, bugun 5-iyul kuni, Nursulton Nazarbayevning taklifiga binoan Qozog‘istonga jo‘nab ketadi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov.    

“Shavkat Mirziyoyev Prezident Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 5-iyul kuni Qozog‘istonga jo‘nab ketadi. Davlatimiz rahbari 6-iyul kuni Ostona shahrining 20-yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirida ishtirok etadi.
Qozog‘istonga tashrif chog‘ida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kecha Qozog‘iston OAVlarida Shavkat Mirziyoyevning Nursulton Nazarbayevning tug‘ilgan kuni arafasida yo‘llagan tabrik so‘zlari hamda maxsus videoxabar e’lon qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0