Qoshiqdagi yozuv orqali askarning qarindoshlari topildi

© Daryo.uzJaynak Xolmatovning qarindoshlari
Jaynak Xolmatovning qarindoshlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bedarak yo‘qolgan askar Jaynak Xolmatovining yaqinlari bergan birinchi savol - Jaynak akamning qabri topildimi?, degan savol bo‘ldi.

TOShKENT, 05-iyul – Sputnik. Bir necha kun oldin sahifamizda Kaliningradda bundan 73-yil oldin yo‘qolgan o‘zbek askarining qoshig‘i topilgani haqida maqola e’lon qilgan edik.

Ushbu maqola  e’lon qilinganidan so‘ng Daro.uz nashrida ishlovchi hamkasabalarimiz Jaynak Xolmatovning yaqinlarini izlab topishga muvaffaq bo‘lishdi.

© Daryo.uzBaxtiyor Balqiyev va Murtoz bobo
Qoshiqdagi yozuv orqali askarning qarindoshlari topildi - Sputnik O‘zbekiston
Baxtiyor Balqiyev va Murtoz bobo

Muxbirlar Samarqand viloyati, Payariq tumani, Ko‘ktepa mahallasidagi Chandir qishlog‘ida yashovchi Jaynak Xolmatovning jiyanlari va amakivachchalari bilan uchrashishgan.

Uchrashuvda Jaynak Xolmatovning jiyani Baxtiyor Balqiyev tog‘asi haqida faqat onasi aytib bergan xotiralarnigina eslashini aytib berdi.

— Jaynak tog‘am haqida faqat onam xudo rahmatlining aytganlarini aytib bera olaman. Tog‘am Jaynak Xolmatov 1942-yilda urushga ketgan. Urushga kirgunga qadar onam bilan xat yozishib turgan. 1944-yilda «Biz urushga kirapmiz» degan xat kelgan. Bu tog‘amning eng so‘nggi xati bo‘lgan. Shundan so‘ng hech qanday xat kelmagan deb aytib berardi onam, — deya xotirlab o‘tdi Baxtiyor Balqiyev.

Imennaya lojka uchastnika VOV Jaynaka Xalmatova - Sputnik O‘zbekiston
Kaliningradda o‘zbek soldati 73-yil oldin yo‘qotgan qoshiq topildi

Jaynak Xolmatovning amakivachchasi, 1936-yilda tug‘ilgan, Murtoz bobo Qodirovning aytishicha Jaynak Xolmatov urushga ketganda 17 yoshda bo‘lgan. Hali oila qurmagan yigit o‘z xohishi bilan urushga ketgan. Suhbat chog‘ida Murtoz boboning bergan birinchi savoli “Jaynak akamning qabri topildimi?” degan savol bo‘ldi.

Bundan ma’lumki, Jaynak Xolmatov urushda bedarak yo‘qolgan hisoblanadi. Toshkentdagi Xotira maydonida o‘rnatilgan kitobda ham uning ismi sharifi yonida faqat tug‘ilgan sanasi ko‘rsatilgan xolos.

Jaynak Xolmatovning akasi Qo‘shboq Xolmatov ham Finlyandiyadagi urush va Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi.

© Daryo.uzJaynak Xolmatov xotira daftarida
Qoshiqdagi yozuv orqali askarning qarindoshlari topildi - Sputnik O‘zbekiston
Jaynak Xolmatov xotira daftarida
Yangiliklar lentasi
0