TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Pekin Vashingtonning xitoy mollariga boj kiritish qarorini tanqid ostiga oldi, deb xabar qildi RIA Novosti.
"AQSH Butunjahon savdo tashkiloti qoidalarini buzdi va bu bilan iqtisodiy tarixdagi eng yirik savdo urushini vujudga keltirdi", — deyiladi XXR Tijorat vazirligi bayonotida.
Shuningdek, Pekin, "zarbani birinchi boʻlib bermasligi", ammo kontrchoralar koʻrishga majbur boʻlishi haqida aytib oʻtilgan.
Xitoy Tijorat vazirligi "BSTni ayni holat toʻgʻrisida xabardor etishni" va "dunyodagi barcha mamlakatlar bilan birgalikda koʻptomonlama erkin savdo tizimi himoyasini taʼminlashni" rejalashtirmoqda.
AQSH va XXR savdo munosabatlari
Aprel oyi boshlarida AQSH 1,3 ming dona xitoy mollari roʻyxatini eʼlon qildi va Xitoy amerika mahsulotlariga boʻlgan intellektual huquqni poymol etilgani munosabati bilan ushbu tovarlarga import bojlarini kiritishini eʼlon qildi.
May oyida tomonlar savdo urushini boshlamaslikni va oʻzaro bojlar kiritilishini toʻxtatishga kelishib oldilar. Ammo keyinchalik savdo masalalarida bir qarorga kelishga muvaffaq boʻlinmagani ayon boʻlib qoldi, Vashington yana yangi boshlar kiritishi haqida eʼlon qildi.
Iyun oyi oʻrtalarida AQSH XXRdan keladigan tovarlarga 25%lik bojlarni kiritdi. Bu Amerikaga kirib keladigan xitoy import mollarining oʻndan bir qismini tashkil qildi. Yangi bojlar esa industriya jihatdan ahamiyatli texnologiyalarni oʻzida mujassam etgan, summasi 50 milliard dollar boʻlgan xitoy mollariga tegishli edi.
Xitoy oʻz navbatida AQShdan import qilinadigan, umumiy summasi 50 milliard dollar boʻlgan, 659 turdagi tovarlarga 25%lik boj eʼlon qildi. Bojxona boji 6 iyuldan qisman kuchga kiradi.